VENTILYATOR (lot. ventilo — puflayman, esaman, silkitaman) — havo yoki gazlarni haydovçi yoki söruvçi qurilma. Odatda, V. havo yoki gazni 0,15 MPa gaça bosim b-n haydaydi yoki söradi. Asosiy iş elementi motor va parrakli ğildirakdan iborat. Binolar va şaxtalar havosini tozalaş, q.x. mahsulotlari (don, paxta, piçan) ni quvur orqali uzatiş, donni tozalaş, saralaş va quritişda qöllaniladi. V. ning haydovçi, söruvçi va aralaş xillari böladi. Işlaş tarziga köra, havo oqimi öq böylab yönalgan yoki öqaviy V. va markazdan qoçma V. ga bölinadi. Öqaviy V. silindrik kojux 5, parrakli ğildirak, kollektor, kirayotgan havoni yönaltiruvçi apparat, çiqayotgan havoni yönaltiruvçi apparat va uyurma . Markazdan qoçma V.da parrak aylanganda havo oqimi kollektordan parrak kanallariga kiradi va markazdan qoçma kuç ta'sirida spiral şaklidagi kojux Z içiga ötib, çiqiş teşigiga haydaladi. Hosil qiladigan bosimiga qarab, V. lar uç turga bölinadi: a) past bosimli (100 mm suv ust. dan past) — donni saralaş va tozalaş hamda kombayn V. lari; b) örtaça bosimli (100 mm dan 300 mm gaça suv ust.) — piçan uçun möljallangan; v) yuqori bosimli (300 mm dan 1500 m gaça suv ust.) — don uçun möljallangan. Xonalarni şamollatiş uçun möljallangan V. lar, köpinça, yumşoq parrakli qilib işlab çiqariladi. Qayerda işlatişga möljallanganligiga qarab, V. lar sanoat va maişiy xillarga bölinadi. Sanoat V. lari sanoat korxonalari, şaxtalar, metropoliten yölaklari va b. joylarda, maişiy V. lar turar joy binolari, jamoat binolari, uy-joylar, idoralar va b. joylarda qöllaniladi. V. lar devorlar içiga, şiplarga örnatiladi; stol ustiga va polga qöyiladigan V. lar ham böladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 124-b. — ziyouz.com