VEST-INDIYA (ing. West Indies - aynan Ğarbiy Hindiston) — Atlantika okeanining Karib dengizida joylaşgan bir neça ming orolning umumiy nomi. Şim. va Jan. Amerika materiklari oraliğida. Bagama o.larini, Katta va Kiçik Antil o.lari (q. Anşil orolpari) va b. orollarni öz içiga oladi. Şim. Amerikaga mansub. Umumiy mayd. 240 ming km2 ga yaqin. Aholisi 35 mln. kişi (1990-y.lar örtalari), köpçiligi negr, mulat va kreollar. Relyefining aksari qismi toğli, karstli joylar köp. V.-I.da tez-tez yer qimirlab turadi. Kiçik Antil o.larida sönmagan vulkanlar bor. V.-I. orollari mezokaynozoy yoşidagi vulkanik va çökindi jinslardan tuzilgan. Eng baland çöqqisi Gaiti o.dagi Truxilo toği — 3175 m. V.-I.da foydali qazilma köp. Kubada marganets, xromit va temir rudalari, Trinidad o.da tabiiy asfalt, neft, Yamayka o.da boksit konlari bor. V.-I.da tropik passat va ekvatorial musson iqlim hukmron. Yanv.ning örtaça t-rasi şim.da 21°, jan. da 26°. Örtaça yillik yoğin 1000—1500 mm. Daryolari qisqa, tez oqadi. Doim yaşil örmonlar, savannalar bor. V.-I. tropik böronlar paydo böladigan joy. Tekislik qismlarida şakarqamiş, kofe, tamaki, paxta yetiştiriladi. V.-I. da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbados, Gaiti, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kuba, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka davlatlari hamda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya va AQŞ mulklari bor. Orollarning köpçiligi Xristofor Kolumb tomonidan 1492— 1502 y.larda Hindistonga dengiz orqali ğarbdan boriladigan yölni qidiriş vaqtida kaşf qilingan. Kolumb orollarni Hindistonning bir kismi deb hisoblagan va şu bois Hindiston deb atagan. Yevropaliklar haqiqiy Hindistonni kaşf qilganlaridan söng undan farqlaş uçun «Ğarbiy» sözi qöşilgan.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 137-b. — ziyouz.com