ADVOR (arab. — aylanalar, turkumlar; birligi — davr) — Örta va Yaqin Şarq musiqa nazariyasida mazmunan universal, şaklan tugal va muntazam takrorlanuvçi jarayonlarni ifodalaydigan badiiy-estetik qonuniyatlar va ilmiy-nazariy qoidalar tizimi. A. tuşunçasi Örta Osiyo madaniyatida qad. davrlar (taxm. mil.av. 1-ming yillik) da vujudga keladi. Dastlab u umumiy kosmogonik mazmunga ega bölib, tabiat jarayonlaridagi (mas, yil fasllarining almaşuvi, muçal-burjlar va osmon jismlarining harakat doiralari va h.k.) muntazam takrorlanuvçi holatlar b-n boğliq deb faraz etilmiş badiiy-estetik qonun-qoidalarga tayanadi.
A. ilk bor Kindiy (801—879) ning musiqiy risolalarida maxsus ilmiymusiqiy atama sifatida «ritmik doiralar» ma'nosida, Forobiy asarlarida musiqa asarlarining muvaqqat-fazoviy (ritmik, şakliy) nisbatlarni, «Ixvonus-safo» (10-a.) risolalarida esa universal-estetik tuşunçalarni ham ifodalovçi atama sifatida qöllaniladi. 12—13-a.larda A.ning ma'no doirasi yanada kengayib, unda turkum (Ön ikki maqom, navbat, amal va b.), alohida ijro etiladigan musiqa asarlarining tuzuklari (parda va tovuş-qatorlar tizimi) va ritmik doiralari (usul va zarblar) aks ettirilgan. Uşbu universal musiqiy ma'nolardagi A. atamasi 13—15-a.larda, ayniqsa, al-Urmaviyning «Kitobuladvor» («Aylanalar kitobi») asaridan keyin musiqa istilohida «maqom» atamasiga teng ma'noda muhim örin egallagan. Urmaviyning mazkur asari va undan keyin yozilgan boşqa risolalarida Ön ikki maqom kuy tuzuklari va usullari muayyan nisbatlar asosida özaro mutanosib aylanalar şaklida ifoda etilgan. Örta asrlar musulmon Şarqi musiqa ilmida ritmik vaqt birligi hamda uşbu birliklardan taşkil etilgan ritmik tuzilma (usul)lar ham davr yoki A.deb atalib, risolalarda aylana şaklida ifoda etilgan.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 189-b. — ziyouz.com