AKTUALIZM (geologiyada), aktualistik metod (ing. aktual — zamonaviy haqiqiy, amalda mavjud) — Yer taraqqiyotining tarixini örganiş uçun qullaniladigan qiyosiy-tarixiy metod. A. ötmişdagi geologik jarayonlar hamda ular natijasida röy bergan hodi-salar hoz. zamonda bölayotgan jarayon va hodisalarga öxşaş degan fikrga asoslangan. Şunga asosan, hoz. zamonda bölib turadigan geologik jarayonlar, muhitlar va ular natijasida kelib çiqqan hodisalarni (hoz. zamon çökindilari, vulkan mahsulotlari, relyef va h.k.) ötmişda paydo bölgan jinslarga, organik çökindilarga, relyef şakllariga taqqoslaş yöli b-n ötmiş geologik davrlarda bölib ötgan geologik jarayonlar va tabiiy geografik şaroitlar taxm. aniqlanadi. Ammo Yer doim taraqqiy etib turganligidan ötmiş geologik ja-rayonlarini hoz. jarayonlar b-n tuda taqqoslab bölmaydi. Ba'zi bir jarayonlar ayrim geologik davr uçungina xos. Şuning uçun Yerning ötmiş tarixidagi geologik jarayonlarni hoz. vaqtda kuzatilayotgan geologik jarayonlar b-n aynan taqqoslaş unçalik töğri emas.
A. termini nemis geol. adabiyotida 19-a. 2-yarmida paydo bölib, 20-a. 20-yillaridan ommalaşdi. A. kurtaklari insonning dastlabki bilimlari vujudga kelgan davrda, eng kad. afsonalarda va yozma manbalarda uçraydi. Keyinroq geologik tarixni tuşuntirişda A.dan Ibn Sino, Beruniy, 18-a. örtalaridan Rossiyada M. V. Lomonosov, Buyuk Britaniyada J. Getton va b. foydalan-dilar. A.ning birinçi şaklini hoz. uniformizm deb ataydilar. A. ilmiy prinsip sifatida 19-a. 1-yarmida ingliz olimi Ç. Layelning «Geologiya asoslari» asarida olğa surilgan. U katta dalillarga asoslanib, A.ni geologiyani örganiş usuli tariqasida tavsiya qildi. Layelning fikriça, ötmiş geologik jarayonlar hoz. zamon jarayonlaridan heç farq qilmaydi. Ba'zi bir xorijiy mamlakat geologlari hozir ham şunday fikrdalar. Uniformizmga hoz. geologik dunyokaraş sifatida geologik taffakkörning bosib ötilgan davri deb qaraladi. Özbekistonda yoş yotqiziklarni örganiş asosida qad. davr çökindilarining hosil böliş şaroitlarini aniqlaş sohasida köpgina işlar qilingan.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 278-b. — ziyouz.com