ARMRESTLING (ing. agt - qöl, şgezŞpyo — kuraş) — sport turi, ikki kişi (sportçi)ning maxsus stolda tirsagini tayançdan uzmasdan bir-birining qölini qayirib muşti sirtini stolga tegiziş uçun kuraşi. Agar öng (çap) qöl bilan musobaqalaşilsa, çap (öng) qöl bilan stoldagi maxsus tutqiçdan uşlanadi. Musobaqada vaqt çeklanmaydi. Erkaklar 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 90, 100, 110 kg va 110 kg dan ziyod, ayollar 45, 50, 55, 60, 65, 70, 80 kg va 80 kg dan ziyod vazn toifalarida musobaqalaşadilar.
A. qadimiy kuç sinaşiş turlaridan biri bölişiga qaramasdan 20-a. ning 50-y.lariga kelibgina AQŞdagi olis masofaga qatnovçi avtomobil haydovçilari örtasida sport turi sifatida şakllandi. 1962 y.da Jahrn armrestling federatsiyasi (\UAĞ)ga asos solindi, unga 95 davlat (Özbekiston 1996 y.dan) a'zo (2005). A. böyiça ilk jahon çempi-onati 1962 y.da (Osiyo çempionati 2000 y.da) ötkazildi. Şundan buyon har yili erkaklar, ayollar va yoşlar örtasida jahon çempionatlari taşkil qilinadi. A. AQŞ, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston, Özbekiston kabi davlatlarda yaxşi rivojlangan.
Töliq öqiş — yana 1 xatboşi
Özbekistonda A. 20-a.ning 90-y.larida sport turlari qatoridan örin oldi. 1991 y.da Özbekiston A. fede-ratsiyasi tuzildi va Özbekiston çem-pionatlari (erkaklar va ayollar örtasida) uyuştirildi. Hoz. vaqtda mamlakatda A. böyiça 10 dan ziyod turli toifadagi musobaqalar taşkil etiladi. Özbekiston A. çilari 1995 y.dan xalqaro musobaqalarda qatnaşa boşladi. A. böyiça öz vazn toifalarida Umidjon Ahmedov 6 karra (1998 — 2000, 2002, 2003, 2005), Yusuf qodirov 2 karra (2000, 2002), Farid Usmonov 2 karra (ikki turda, 2005), Mirzohid Şarapov (2005) va yoşlar örtasida Komil Kerimov (2001, Sar-vinoz Tangatova 2 karra (ikki turda, 2005), Ruslan Muxtorov (2005) jahon çempioni bölişdi. Şuningdek, Avazbek Asadov, Jasur Aliakbarov, Yelena Şafronova, Amir Öroqov kabi A.çilar jahon çempionati sovrin-dorlari va Osiyo çempionlaridir. Respublikadagi 67 ta A. bölimi va tögaraklarida Fikrat Kerimov, Qurbon Konişev, Igor Şişkov, Pavel Dokuçayev kabi 29 nafar murabbiy qöl ostida 809 kişi (45 nafari ayol) şu sport turi bilan muntazam şuğullanadi (2005).
Manba: ÖzME, Qöşimça (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 13-b. — ziyouz.com