ARNASOY TUMANI - Jizzax viloyatidagi tuman, 1975 y. 26 noyab.da taşkil etilgan. Şim. va şim.-ğarbda Foriş, jan.da Zafarobod, jan.-şarqda Paxtakor, şarqda Döstlik, şim.-şarqda Mirzaçöl tumanlari b-n çegaradoş. Mayd. 0,49 ming km2. Aholisi 40,0 mingdan ortiq kişi (1999). A.t.da 6 Qişloq fuqarolari yiğini (Döstlik, Zarafşon, Usmon Yusupov, Çölquvar, Yangiböston, Ğalaba) bor. Markazi — Ğoliblar qişloği.
Tabiati . Tuman relyefi asosan tekislik va pasttekisliklardan iborat. Yer yuzasi şim. va şim.-ğarbdan jan. va jan.-şarqqa tomon asta-sekin kötarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning örtaça t-rasi — G, — 5°, iyulniki 30° gaça. Yiliga örtaça 150 — 300 mm yoğin tuşadi. A.t.ning şim. qismida Aydar köli joylaşgan. Tuproği asosan böz-qönğir tuproq, şim.-şarqiy qismida qisman şörxoklar bor. Tumanning çöl joylarida çala butalar, saksovul, efemer va efemeroidlar ösadi. Kemiruvçilardan qöşoyoq, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvçilardan kaltakesak, ilonlar; yirtqiçlardan böri, tulki, börsiq; haşarotlardan çayon, falanga; quşlardan törğay, söfitörğay, boyöğli yaşaydi. A.t. hududida Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi taşkil etilgan.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Aholisi: asosan, özbeklar; şuningdek rus, qozoq, tojik, tatar va b. millat vakillari ham yaşaydi. Aholi ziçligi 1 km2ga örtaça 16 kişi.
Xöjaligi. A.t. xöjaliklari paxtaçilik, ğallaçilik, polizçilik, çorvaçilik, baliqçilikka ixtisoslaşgan. Paxta tozalaş z-di, 5 paxta tayyorlaş punkti bor. A.t.da 7 jamoa xöjaligi, 11 tokçilik xöjaligi mavjud. 20 ming ga yerga paxta, 5 ming ga yerga ğalla, qariyb 1000 ga yerga sabzavot ekiladi; tokzor va boğlar 1000 ga ni taşkil qiladi.
1996/97 öquv yilida 11 umumiy ta'lim maktabida 4 mingdan ziyod öquvçi ta'lim oldi. 15 bolalar boğçasida qariyb 2100 bola tarbiyalanmoqda. 4 klub, 2 madaniyat markazi, 10 kutubxona, 2 kasalxona, 2 ambulatoriya bölib, 50 vraç, 150 dan ziyod örta ma'lumotli tibbiy xodim işlaydi. «Arnasoy tongi» tuman gazetasi 1977 y.dan çiqadi.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 639-b. — ziyouz.com