ASTRAXON VILOYATI - RF tarkibidagi viloyat. Quyi Volga böyida, jan. qismi Kaspiy dengiziga tutaşadi. A. v. 1943 y. 27 dek.da taşkil etilgan. Mayd. 44,1 ming km2. Aholisi 1014 ming kişi (1999), asosan, ruslar; qozoq, tatar va ukrainlar ham yaşaydi. A.v.da 11 ma'muriy tuman, 5 şahar, 13 şaharça bor. Markazi — Astraxon ş.
A.v. Kaspiy böyi pasttekisligidagi çala çöllar, Volga-Axtuba qayiri va Volga daryosi deltasini öz içiga oladi. A.v. hududida şörxoklar, şör köllar hamda qum tepaliklari bor. Şör köllardan eng yirigi Bosqunçoq kölidir. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Yanv. ning örtaça t-rasi şim. da — 10°, jan. da —6°, iyulniki esa şim. da 24° va jan. da 25°. Örtaça yillik yoğin 200 mm. Eng yirik daryosi Volga va uning tarmogi Axtuba. Tuproqlari oç kaştan şörtob va qönğir tuproqlar. Boşoqlilar, şuvoq, şöra, ötloq ösimliklari ösadi. Sayğoq, turli kemiruvçilar, sudraluvçilar, haşarotlar yaşaydi. Volgada 50 dan ziyod baliq turi uçraydi. Neft, gaz, tuz, gips kabi foydali kazilmalar bor. Volga deltasida Astraxon qöriqxonasi taşkil qilingan. A.v.da oziq-ovqat (baliq, göşt, tuz), maşinasozlik, şuningdek yoğoçsozlik va sellyuloza-qoğoz sanoati, sabzavotçilik, polizçilik, çorvaçilik rivojlangan. Yetakçi sanoat tarmoqlari — taxta tiliş, yoğoçsozlik va sellyuloza-qoğoz sanoati. Kimmatbaho osyotr va çastik baliqlari ovlanadi. Astraxondagi baliq-konserva korxonalarida baliq qayta işlanadi. A.v. da Rossiyada eng yirik bölgan Bosqunçoq tuz korxonasi işlab turibdi. A.v.da metallsozlik, kemasozlik va kema tuzatiş sanoati korxonalari, kön z-di va möyna f-kasi mavjud. Qamiş plitalar işlab çiqaruvçi z-d bor. Buğdoy, kuzgi javdar, yem-xaşak, poliz ekinlari ekiladi. Çorvaçilikda göşt-jun qöyçiligi va göşt-sut qoramolçiligi rivojlangan. Transportda yetakçi örinni dengiz transporti egallaydi. Volga va uning öng tarmoği Baxtemir daryo transportida muhim ahamiyatga ega. A.v. temir yöl orqali Rossiyaning boşqa r-nlari b-n boğlangan.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 714–715-b. — ziyouz.com