AYDAR KÖLI (Haydar köli) - Nurota tizma toğlarining şim. etagidagi köl. Şim. qirğoqlari Şarqiy Qizilqumga tutaşadi. Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida. A.k. örni Şim. Nurota yoni tektonik bukilmasidan iborat. 1969 y.gaça Aydar şörxogi (botiği)da mayda şör köllar va şörlar (Jalpoqşör) keng tarqalgan edi. 1968—69 y.larda yoğingarçilikning haddan taşqari köp bölişi tufayli Sirdaryo oqimining bir qismi (qariyb 21 km3) Çordara suv ombori va Arnasoy orqali Aydar botiğiga oqizildi, çunki Orol dengiziga oqiziş uçun şunça suv Sirdaryo özaniga siğmas edi. A.k. şu tariqa taşkil topdi. A.k.ning toğ etagidagi jan. qirğoqlari ança tekis va suv osti yon bağirlari nisbatan tikroq, şim. qirğoqlari notekis va qiya, orol va yarim orollar mavjud. A.k. ning şim. qismi ança sayoz, örtaça çuq. 10—12 m, çuqur joylari 26—30 m, ayrim joylarda çuq. 40 m gaça. A.k. tor yölaklar orqali Tuzkon va Arnasoy köllari b-n tutaşgan. A.k. Jizzax viloyatidagi Oqbuloq, Sangzor daryosining Qiyli taşlamasi, Çordara suv ombori va Arnasoyga quyilayotgan Markaziy Mirzaçöl taşlamasi oqimi hisobiga töyinadi. 1994—95 y.larda qiş va bahorda Çordara suv omboridan katta hajmda suv kelişi natijasida Arnasoy, Tuzkon va Aydar köllarining suv mayd. 184 ming ga dan 320 ming gektarga yetdi. Uz. 159 km, eni 26 km. Suvining minerallaşuv darajasi 1 l da qariyb 12—15 g va undan ortiq. A.k.ning qirğoqqa yaqin sayoz joylari va orollari atrofi qamiş va b. suv ösimliklari b-n band. A.k. da zoğora baliq, laqqa baliq, sudak, tovon baliq, leşç va b. baliq turlari mavjud. Baliq ovlanadi (yiliga örtaça 3 ming t dan ziyod). Qoravoy, saqoquş, çayka, yovvoyi ördak va b. suvda suzuvçi quşlar yaşaydi.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 233-b. — ziyouz.com