BORSAKELMAS — Orol dengizining şim. ğarbiy qismidagi orol. Qozoğistonning Kizilörda viloyatida. Uz. 27 km, eni ğarbda 11,5 km, şarkda 2,5 km. Mayd. 133 km2 (1961). Qirğoqlari asosan tekis, past, jan. qirğoği bir oz baland va qoyali. Yer yuzasi tepalik va soyliklardan iborat pasttekislik. Aksari qismining bal. 100 m, eng baland joyi 113 m. B. da doimiy va muvaqqat köllar, sohilida şör köllar uçraydi. Orolning şim. yarmi qumli pasttekislik, unda qum tepalari va taqirlar köp. B. o. asosan paleogen (yuqori eotsen) ning mergelli va qumli gillari hamda kvarsli qumlaridan, jan. eng baland qismi quyi va örta oligotsenning gil, alevrit va qumtoşlaridan taşkil topgan. Orolning şim. va şarqining gil yotqiziqlari ustini golotsenning çökindi jinslari qoplagan. Iqdimi kontinental; iyulning örtaça t-rasi 26°, yanv. niki — 11°, örtaça yillik yoğin 120—160 mm. B. o. da köproq bözqönğir tuproqlar, taqirli tuproqlar, şörxoklar tarqalgan. Siyrak çöl ösimliklari, köproq şuvoq, şöra, burgan, şörtob va şörxok yerlarda qiyoq, qamiş ösadi, ondasonda saksovulzorlar uçraydi. Qumli yerlarda qizilça, kauçukli xondrilla, yantoq, yovvoyi suli ösadi. Bahorda qönğirboş, lola, buğdoyiq, ravoç kabi efemer ösimliklar ösadi. B. da sut emizuvçilarning 13 turi, parrandalarning 202 turi, sudralib yuruvçilarning 8 turi yaşaydi. Şuningdek xos hayvonlardan qöşoyoq, olaxurjun, yumronqoziq, sayğoq, jayran, qulon, tulki, tipratikan, dumaloqboş kaltakesak, zaharli qalqontumşuq ilon, çiporilon, suvilon, parrandalardan bulduriq, yilqiçi, suv burgutlari, miqqiy, törğay, qarqunoq, qarğa, zoğça, çumçuqlar bor. Töqayzorlarda ördak, loyxörak, baliqçi quşlar, dengiz böyida qoravoylar galagala bölib yaşaydi. B.da ösimlik va hayvonlarni saqlaş va köpaytiriş maqsadida 1939 y.da Borsakelmas qöriqxonasi taşkil etilgan. 1961 y.dan e'tiboran dengiz sathining pasayişi natijasida orolning maydoni kengayib bormoqda, hozirda u quruqlik b-n tutaşdi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 545–546-b. — ziyouz.com