BRONXIAL ASTMA (yun. asthma böğiliş), ziqnafas — mayda bronxlarning torayişi, şilliq pardasining köçişi va içiga şilimşiq tiqilişi, bronxial ötkazuvçanlikning buzilişi, harakat faoliyatining izdan çiqişi natijasida vaqtbevaqt nafas qisişi va böğiliş xuruji b-n ötadigan allergik kasallik (q. Allergiya). B.a., odatda, tösatdan, aksari keçasi tutib, bir neça soatdan bir neça kungaça davom etadi. B. a. tutganda bemor nafas çiqarişga qiynaladi, kökrak qafasi qappayadi, böyin venalari börtadi, yuzi kökaradi, burun teşiklari kengayadi va b. B.a. tutganda bemor nafas çiqarayotganida huştakka öxşagan ovoz çiqaradi va xirillab qoladi. Bemor havodan töyibtöyib nafas olmoqçi böladi; avval quruq yötal b-n boşlangan xuruj yopişqoq balğam çiqa boşlagandan söng astasekin töxtaydi va nafas oliş maromiga kela boşlaydi. B. a. infeksion allergik va noinfeksion atopik böladi.
Infeksionallergik B. a.da bakterial allergenlar muhim rol öynaydi, ularning organizm b-n özaro ta'siri tufayli organizmda allergik özgarişlar röy beradi. U aksari nafas a'zolari (q. Bronxit, bronxoektazlar, zotiljam) yoki burun yondoş böşliqlarining surunkali kasalliklarida rivojlanadi. Bunda organizmda uzoq vaqtgaça infeksiya öçoği mavjud böladi; yalliğlanişda hosil böladigan moddalar hamda mikroblarning hayot faoliyati va parçalaniş mahsulotlari allergik xususiyatga ega.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Noinfeksionatopik B. a.ga har xil çang, ba'zi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va b. sabab bölişi mumkin. B. a.ning paydo bölişida asosiy sabablardan biri irsiy omillardir. Kasallik xurujlarida nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. Ğamğussa, ruhiy iztirob, hayajonlaniş va b. ham xuruj tutişiga olib kelişi mumkin. B. a.ning kelib çiqişi, rivojlanişi va keçişiga iklim omillari ham ta'sir qiladi. Kasallik aksari bahor va kuz oylarida köp kuzatiladi. B. a. xurujlari köpayib, kasallik ulğaygani sari öpka emfizemasi, yuraköpka işining izdan çiqişi kabi asoratlar vujudga kelişi mumkin. Böğiliş B. a.dan boşqa kasalliklarda ham kuzatilişini nazarda tutiş lozim.
Davosi kasallikka sabab bölgan allergenni topiş va uni bartaraf etişdan iborat. Ötkir xuruj vaqtida bronxlarni kengaytiruvçi dorilar beriladi. Davo gimnastikasi, oçiq havodan mölköl bahramand böliş yaxşi yordam beradi. Kasallik zöraymaganda vraç b-n kelişilgan holda tegişli kurortlarda davolaniş tavsiya etiladi. B. a.ning oldini olişda atrof muhitni soğlomlaştiriş, infeksion respirator kasalliklarni vaqtida davolatiş, eng muhimi, yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohga barham beriş lozim.
Ozodbek Nazarov.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 653-b. — ziyouz.com