Buxoro amirligi. Muhammad Rahim vaqtida (1753—58) Buxoro amirligiga qaraşli yerlar ança qisqargan. Uning tarkibiga Buxoro, Samarqand, Miyonqol, Karmana, Qarşi, Ğuzor, Karki, Çorjöy, Şahrisabz viloyatlari kirib, Toşkent va Farğona viloyatlari xonlik tasarrufidan çiqib ketgan. Doniyolbiy otaliq vaqtida (1758—85) ham özaro uruşlar davom etib, Karmana, Öratepa, Nurota, Şerobod, Boysun va b. joylarda mahalliy kuçlar boş kötarib, poytaxt izmidan çiqişga harakat qilganlar. Doniyolbiyning katta öğli Şohmurod hukmronligi davri (1785— 1800)da Doniyolbiy joriy etgan soliqlardan bir qançasi bekor qilindi, iqtisodiy hayot birmunça yaxşilandi. Ruhoniylarning mavqei oşdi. Manğitlar sulolasi markaziy hokimiyatni mustahkamlaşga qançalik urinmasin, viloyat hokimlarining mustaqillikka intilişi davom etaverdi. Ayniqsa Buxoroga muxolif bölgan Şahrisabz va Kitob beklari b-n kuraş şiddatli böddi. Faqat 1853 y.dagina bu bekliklarni Buxoroga böysundirişga muvaffaq bölindi. Amir Haydar davri (1800—26) ham içki va taşki uruşlardan xoli bölmadi. Ayniqsa Öratepa bir neça marta qöldanqölga ötib turdi. 19-a. 1çoragida Buxoro b-n Xiva va Qöqon xonliklari örtasida Örta Osiyoda ustunlikka erişiş uçun qirğinbarot va talontaroj uruşlari böldi. Toşkent, Turkiston, Çimkent va ularning atrofi Qöqon xonligi tasarrufiga ötdi. 1825 y.da Xiva xonligi Buxoroga qaraşli Marvni egalladi. Töxtovsiz uruşlar, soliqlar miqdorining ortişi qözğolonlarga, jumladan 1821— 25 y.larda Buxoro va Samarqand oraliğida istiqomat qiluvçi xitoyqipçoq qabilalari qözğoloniga sabab böldi (q. Miyonqol közyuloni). Amir Haydarning vorisi Nasrullaxon (1827—60) amirlik yerlarini kengaytirişga muvaffaq böldi. U taxtga da'vogar böliş mumkin bölgan barça şaxslarni qirib taşladi. Nasrullaxon 1839, 1841 va 1858 y.larda Qöqon xonligiga bostirib kelib, aholini qirğin qildi va boyliklarini taladi. 1842 va 1843 y.larda Buxoro b-n Xiva xonliklari örtasida harbiy töqnaşuvlar böldi.
Podşo Rossiyasi Örta Osiyoni mol sotiş bozori, xom aşyo manbai deb bilar edi. 1866 y. rus qöşinlari Buxoro amirligi çegaralariga bostirib kirdi va Xöjand (24 may), Öratepa (2 okt.), Jizzax (18 okt.) şaharlarini işğol qildi. Istilo etilgan yerlarni boşqariş uçun 1867 y. Turkiston generalgubernatbrligi taşkil etildi. 1868 y. 2 may kuni general Kaufman boşçiligidagi rus qöşinlari Samarqandni işğol qildi. Iyun oy i da Buxoro amiri Muzaffar qöşinlariga Zirabuloq yaqinida sönggi qat'iy zarba beriddi. Amir generalgubernatorga murojaat qilib, sulh tuzişni söradi. 1868 y. 23 iyunida ikki örtada şartnoma imzolandi. Rus qöşinlari bosib olgan yerlar podşo Rossiyasi ixtiyoriga ötdi; Buxoro amirligi mustaqil taşqi siyosat yurgizişdan mahrum böldi; amir rus podşosiga 500 ming söm tovon töladi. 1873 y. 28 sent.da mazkur şartnomaga qöşimçalar kiritilib, amirlikning Rossiyaga qaramligi yanada kuçaydi. Natijada amirlik yerlarining uçdan bir qismi podşo Rossiyasi ixtiyoriga ötdi; Xöjand, Öratepa, Panjikent, Samarqand va Kattaqörğon ş.laridan tortib Zirabuloqqaça bölgan yerlar, Şarqiy Buxoroda esa Şuğnon, Vohon, Röşon viloyatlari, ayniqsa Zarafşon daryosi yuqori havzasining qöldan ketişi amirlikdagi xalqlarni asosiy hayot manbai — suvdan mahrum etdi, bu hol Buxoro amirligini Rossiyaga iqgisodiy jihatdan qaramligini yanada oşirdi.
Buxoro amiri huquqiy jihatdan mustaqil hukmdor sanalsa ham, haqiqatda rus podşosiga qaram edi. Amir va uning amaldorlariga qarşi xalq harakatlari podşo Rossiyasi qöşinlari yordamida bostirilar edi. Amir Abdulaxad rus podşosining generaladyutanti hisoblangan. Uning davrida rus ma'murlari amirlikda katta imtiyozlarga ega bölgan. Amirlik yerlaridan ötgan t. y. böylariga rus aholisi keltirilib joylaştirildi. BuxoroAfgoniston çegarasining muhofazasi b-n ham rus qöşinlari şuğullangan. Buxoro amirligining podşo Rossiyasiga tobeligi amir Olimxon zamonida (1910—20) yanada ortdi. Amirlikda yettita rus xususiy bankining şu'basi iş olib borardi. 1-jahon uruşi boşlanişi b-n amirlik aholisining ahvoli yanada oğirlaşdi. Xuddi şu davrga kelib jadidlik harakati asosida yoş buxoroliklar partiyasi faoliyati kuçaydi. 1917 y. Fevral inqilobi munosabati b-n bu partiya amirlikni podşo Rossiyasi böyinturuğidan qutqaziş, ba'zi islohotlar ötkaziş işiga kirişdi. Yoş buxoroliklar rus bolşeviklari b-n hamkorlikda 1918 y. martida amir hukumatini ağdarişga urindilar. Ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uçradi. 1920 y. 2 sent.da Buxoro bosqini natijasida amirlik tugatildi.
B. x.da davlatni boşqariş boşqa xonliklardan deyarli farq qilmagan. 16—17-a.larda otaliq lavozimidagi şaxs xonning öng qöli hisoblanib, u butun mamlakatni boşqargan. Naqib harbiy işlar va taşqi siyosat b-n şuğullangan. Vaqf yerlarni nazorat qiliş sadrlar zimmasiga yuklatilgan. Şuningdek, qöşin uçun alohida qozi (qoziaskar) tayinlangan. Qonunşunoslikka va umuman şariatga doir muhim masalani yeçiş va hayotga tatbiq etiş alam zimmasida bölgan. Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. U uruş va sulh işlari, ayrim viloyat boşliqlarini tayinlaş va b. masalalar b-n şuğullangan. Larvonaçi xon yorliqlarini topşiriş va harbiy qismlarga boşçilik qiliş kabi vazifalarni ado etgan. Şuningdek, xonlikda yasovul, eşikoğaboşi, miroxur, şiğovul, amiri laşkar, töpçiboşi, mirzaboşi, xazinaçi, mehtar, mirob, kuşbegi va b. lavozimlar bor edi. Manğitlar sulolasi davrida ham mustabid hokimiyat şakli mavjud bölib, amir huquqi çegaralanmagan oliy hukmdor edi. Ijro etuvçi hokimiyatni boş vazir — quşbegi boşqargan. U xon b-n bamaslahat iş yuritgan. Jamiyat hayoti şariat qonunlariga asoslangan. Mamlakat murakkab davlat apparati orqali idora qilingan. Maye, moliya işlari devonbegiyi kalonga, davlat xavfsizligi kökaltoşga, içki tartibni saqlaş va nazorat qilib turiş raisp topşirilgan. Buxoro qozi kaloni huzurida a'lam va 12 muftiyayan iborat rivoyatlar tuzuvçi muftiylar devoni bölgan. Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori mavqega ega edi. Ular katta yerlarga egalik qilardi. Şayxulislom boş ruhoniy va adliya işlarining sardori hisoblangan. U jamiyat ma'naviy hayotini boşqargan. Sud hokimiyati ruhoniylar qölida bölgan. Barça qozilar qozi kalonga böysungan. Davlat boşqaruvida u yoki bu lavozim vazifasiga qarab özgarib turgan. Xonlikda örtaasrçilik boşqaruv tizimining uzoq saqlanişi taraqqiyot va qöşin kuçqudratiga salbiy ta'sir körsatgan. Qöşinda dastlab misdan, 19-a. boşlarida çöyandan quyilgan bir neça töp bölgan. Sarbozlar öqyoy, nayza, qiliç, oybolta kabi ibtidoiy qurollar b-n qurollangan. Xonlikda qöşin asosan otliklardan taşkil topgan. 18-a. oxiridagi ma'lumotga köra, xon 10 ming kişilik qöşin töplaş imkoniga ega bölgan. 19-a. 30-y.larida yollanma askarlar soni 19 ming kişi bölib, ular xizmatini turli şahar va harbiy istehkomlarda ötaganlar. 19-a. örtalarida harbiy qismlar, şuningdek töp va miltiqlar soni ortgan. Umumiy qömondonlik amiri laşkar zimmasida bölgan. Umuman xonlikda qöşin har jihatdan zamon talabidan ança orqada edi.
Mamlakat iqtisodiy hayotida dehqonçilik, xunarmandçilik, içki va taşqi savdo asosiy örinni egallagan. Içki nizolar bölib turişiga karamay iqtisodiyotning bu sohalari rivojlanişda davom etdi. Dehqonçilik suğoriş b-n bevosita boğliq bölgan. Suğoriş tarmoqlari Zarafşon va Amudaryodan çiqarilgan. Abdullaxon II ning 1583 y.da Nurota toğlari şim. yon bağirlaridagi Eski Oqçob qişloği yaqinida qurdirgan suv ombori qoddiqlari hozirgaça saqlangan. Şuningdek, Zarafşon daryosida Puli Karmana, Puli Mehtar Qosim va Puli Çahorminor kabi suv taqsimlagiçlar qurilgan. Zarafşondan Jizzaxga Tuyatortar ariği çiqarilgan. Suğoriş tarmoqlari amir Şohmurod va amir Haydar davrlarida ham ança köpaydi, köçmançilarning ötroqlaşuvi kuçaydi.
Xonlikda yer egaligining asosan 3 turi — amlok (amir .boşçiligidagi mulkdorlar guruhi ixtiyoridagi yerlar), mulk (xususiy yer egalariga qaraşli) va vaqf (musulmon ruhrniylari, Madrasa, masjid va mozorlarga qaraşli) yerlari mavjud bölgan. Xonlikda dehqonlar yerni asosan, ijaraga olib işlar edi. Soliq turi va tölovlarning köpligidan, begor majburiyatidan bezor bölgan mehnatkaş xalq tez-tez ğalayon qilib turardi. Dehqonçilikda asosan ğalla, paxta ekilgan. Ipakçilik köproq Zarafşon vodiysida rivojlaigan. Çorvaçilikda ot, tuya, qoramol, qöy boqilgan. Hunarmandçilikning köp turlari ravnaq topgan. Xususan, töqimaçilik, tikuvçilik, misgarlik, zargarlik buyumlari xonlikdan taşqarida ham xaridorgir bölgan. Şahar va yirik qişloklar aholisining talay qismini hunarmandlar taşkil etar edi. Töqimaçilik mahsulotlari Yaqin Şarq (mas, Zandana qişloğida töqilgan zandaniyçi matosi butun Şarqda maşhur bölgan) mamlakatlariga çiqarilgan. Hayotni tebratuvçi bu ikki yönaliş içki va taşqi savdo takdirini ham belgilagan. Dehqonçilik va hunarmandçilik mahsulotlari içki va taşqi bozor talablarini qondirib turgan. Xonliklar örtasida savdo uzluksiz davom etgan. Ayniqsa Buxoro ş. Örta Osiyoning eng yirik savdo markazi sifatida maşhur bölib, köplab karvonsaroylarga va savdo rastalariga ega bölgan.
Buxoro islom dini markazlaridan biri sifatida maşhur edi: Abdulazizxon va Abdullaxon saroyida badiiy bezakli nodir asarlar töplangan kutubxona mavjud bölgan. Bu yerda mohir xattotlar va miniatyuraçi rassomlar işlab, qölyozma, adabiyot, tarix va b. fanlar sohasida yaratilgan asarlarni köçiriş, bezaş va kitob holiga keltiriş b-n maşğul bölganlar.
Madaniyati. Şayboniylardavrida, ayniqsa ulardan Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik qilgan yillarda B. x. iktisodiy va madaniy hayotida birmunça özgarişlar röy berdi. Hunarmandçilik taraqqiy etdi: temir va çöyan quyiş, qurolyaroğ, mis va jez idişlar yasaş, töqimaçilik, qoğoz, sovun i.ç. yölga qöyildi. Adabiyot, tarix, tarjimonlik, luğatçilik, me'morlik, naqqoşlik, tasviriy san'at va b. ravnaq topdi: «Muzakkir ulahbob» (Hasanxoja Nisoriy), «Tazkirat uşşuaro» (Mutribiy), «Şayboniynoma» (Muhammad Solih), «Zubdat ulasror» (Abdulla ibn Muhammad), «Abdullanoma» (Hofiz Taniş Buxoriy), «Badoye' ulvaqoye'» (Zayniddin Vosifiy) kabi yirik adabiy va tarixiy asarlar yaratildi, luğatlar tuzildi (Amin Ahmad Roziy — «Haft iklim» va b.), Raşiduddin Fazlulloh («Jome' attavorix») va Şarafiddin Ali Yazdiy («Zafarnoma»)ning tarixiy asarlari uzbek tiliga tarjima qilindi. Musiqa, xattotlik (Kavkabiy Najmiddin Buxoriy, Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniy, Mir Husayn alHusayniy, Sulton Ali Maşhadiy, Döstmuhammad Buxoriy, Mahmud ibn Ishoq aşŞihobiy va b.) yuqori darajada rivojlandi. Tasviriy san'at yuksalib, Buxoro miniatyura maktabi vujudga keldi. Kutubxonaçilik (Abdulazizxon, Abdullaxon II kutubxonalari va b.), kitob bezaş va muqovaçilik rivojlandi. Tibbiyot ilmi taraqqiy etdi (Muhammad Husayn ibn alMiroqiy Samarqandiy, Şoh Ali ibn Sulaymon, Sulton Ali va b.), yirik şaharlarda şifoxona (dor uşşifo)lar taşkil qilindi. Bu davrda me'morlik yuksak darajaga kötarildi — Şayboniyxon madrasasi, Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Kökaldoş madrasasi va b., Masjidi kalon va b. Govkuşon majmuasi va b. karvonsaroylar, Timi kalon va b. rastalar, Abdullaxon bandi, Zarafşon suv ayirğiçi va b. köprik va suv omborlari qurildi, ariq, kanallar qazildi, sardoba va hammomlar solindi, Buxoro ş. yangi mudofaa devori b-n öraldi. Qabr toşi (Şayboniyxon, Abusaidxon qabr toşlari va b.) yasaş badiiy darajaga yetdi. Ta'limtarbiyaga e'tibor kuçaydi, har bir mahallada maktab oçildi, ba'zi xonadonlarda uy ta'limi joriy etildi. Bolalar olti yoşdan öqişga qabul qili»Nadigan böldi. Madrasalarda ilohiyotdan taşqari riyoziyot, faroiz, handasa, fiqh, şe'r san'ati, mantiq, musiqa, xattotlik va b. fanlar öqitildi.
Aştarxoniylar davridagi muttasil uruş harakatlari madaniy hayot taraqqiyotiga katta tösqin böldi. Diniy zöravonlik kuçaydi, dunyoviy fanlar örnini islom aqidalari egallay boşladi. Lekin şunga qaramay adabiyot, san'at va b. sohalarda bir qança iste'dodli olimlar (musiqada Darvişali Çangiy va b.) yetişib çiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar — «Hayvonnoma» (Sayd Nasafiy). «Bahr ulasror» (Mahmud ibn Vali), «Ubaydullanoma» (Muhammad Amin Buxoriy), «Tarixi Abulfayzxon» (Abdurrahmon Tole'), «Muhit uttavorix» (Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy), «Subhonqulixon töğrisida hajviya» (Turdi) va b. Tibbiyot va me'morlik bir oz taraqqiy etdi: aştarxoniylardan Subhonqulixon Buxoroda maxsus şifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Haşamatli binolar (Şerdor madrasasi, Tillakori madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Bolohovuz masjidi va b.) bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil va b.) öqitildi.
Manğitlar hukmronligi davrida madaniy hayot past darajada bölib, hukmron tabaqalar xalqni jaholatda saqlaşga harakat qilar, badiiy ijodda madhiyabozlik va tarkidunyoçilik mavzui hukmron edi. 18-a. 2-yarmi va 20-a. boşlarida «Tuhfai xoniy» (Muhammad Vafo Karminagiy), «Toj uttavorix» (Muhammad Şarif), «Fathnomai sultoniy» (Muhammad Mirolim Buxoriy), «Manğit xonlari tarixi» (Mirzo Abdulazim Somiy), «Navodir ulvaqoye'», «Tarjimai ahvoli amironi Buxoro» (Ahmad Doniş) kabi tarixiybadiiy asarlar yaratildi. «Tötinoma», «Çor darveş», «Yusuf va Zulayho», «Tohir va Zuhra», «Böz öğlon», «Yusuf va Ahmad», «Göröğli» turkumidagi dostonlar xalq orasida keng tarqaldi. Xalq san'ati turlari — qiziqçilik, fonus xayol, dorbozlik va b. taraqqiy etdi, musiqa ommaviy san'atga aylandi, tasviriy san'at rivojlandi (Abdulxoliq Maxdum va b.). Yirik inşootlar — Şayx Jalol darvozasi va xonaqohi (18-a. 2-yarmi), Domullo Tursunjon madrasasi (1796— 97), Xalifa Xudoydod ansambli (1777— 1855), Çorminor (1807), Amir madrasasi (20-a. boşlari), Sitorai Mohi Xosa (19— 20-a. boşlari) va b. qurildi., B.x. Rossiya vassaliga aylantirilgaç, qulçilik tugatildi, kasalxona, dorixonalar, yangi usuldagi rustuzem maktablari oçildi, Kattaqörğondan Buxoroga telegraf ötkazildi, Buxoro t. y. va Amudaryoga temir köprik qurildi. Me'morlikda millim va yevropaça uslublar uyğunlaşib ketdi: mas, 1888 y. qurilgan Yangi Buxoro (hoz. Kogon) dagi savdo va bank muassasalarining binolari, amirning yangi saroyi, Buxorodagi t. y. vokzali va b.
/4y..Hofiz Taniş Buxoriy, Abdullanoma, 1—2 j.lar, T., 1999, 2000; Mir Muxammad Amini Buxari, Ubaydullaname, T., 1957; Abduraxman Tali, Istoriya Abulfeyzxana, T., 1959; Mirza AbdalAzim Sami, Tarixsalatini mangitiyai Buxara, M., 1962; Özbekistonning yangi tarixi. 1kitob. Turkiston çor Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida, T., 2000; Özbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000.
Hamid Ziyoyev.