ÇAVGON (fors. — uçi egri tayoq) — otda öynaladigan jamoaviy sport öyini. Qad. Şarqda Ç. çorvadorlar öyini sifatida paydo bölgan. Keyinroq otliq askarlarning maşğulotiga aylangan. Şarq xalqlari Ç. töpini «göy», egri tayoğini «çavgon» deyişgan. Şu bois bu öyin «göyçavgon» deb ham atalgan. Bu tarixiy qölyozmalarda öz ifodasini topgan. Maxmud Koşğariyning «Devonu luğotit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadğu bilig», Abdurazzoq Samarqandiyning «Majlai sa'dayn va majmai bahrayn», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari va b. manbalarda Ç. öyiniga oid kimmatli ma'lumotlar bor. Ayniqsa, Abdulqosim Firdavsiyning «Şohnoma», Unsur alMaoliyning «Qobusnoma» asarlarida Ç. öyini mufassal berilgan. 16-a. miniatyura maktabiga mansub noma'lum musavvirning «Çavgon öyini» asarida bu öyinning qizğin lahzasi tasvirlangan. Abu Abdulloh Rudakiy, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy Ç. öyinidan ilhomlanişgan va ajib öxşatişlar yaratişgan. Bu an'ana Şarq adabiyotida hamon davom etib keladi. Yozuvçi Primqul Qodirovning «Humoyun va Akbar» tarixiy romani boburiy malikalarning Ç. öyiniga tayyorgarligini tasvirlaşdan boşlanadi. Tarixiy manbalarda yozilişiça, Ç. öyini aynan boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng ommalaşgan.
1850 y.da Hindistonda xizmat qilayotgan ingliz otliq askarlari Ç. öyiniga qiziqib qolişgan va dastlabki musobaqalarni ötkazişgan. 1871 y.da Buyuk Britaniyada Ç. (polo) musobaqasi taşkil qilingan. Şu tariqa Ç. oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900, 1904, 1920, 1924 va 1936 y.larda bölgan olimpiada öyinlari dasturidan ham joy olgan. Zamonaviy Ç. öyini (hoz. köplab davlatlarda «polo» deb ataladi) maydonning ölçami 274x182 m, yoğoçdan tayyorlanadigan töpining diametri 8 sm, oğirligi 120— 135 g, ikki yondagi darvozalarining eni 8 m dan, öyin vaqti 56 min. (7 min.dan 8 bölim). Musobaqalaşayotgan ikki jamoadagi 4 tadan otliq öyinçi qöllaridagi uçi egri tayoq (klyuşka) yordamida töpni raqib darvozasiga kiritişga harakat qiladi. Öyinçilarga uçraşuv davomida otlarini özgartirişlariga ruxsat etiladi. Hoz. kunda Ç. öyini Fransiya, Argentina, AQŞ, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya davlatlarida rivojlangan.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 2-b. — ziyouz.com