ÇERNOVSI VILOYATI - Ukraina tarkibidagi viloyat. 1940 y. 7 avgustda taşkil etilgan. Mayd. 8,1 ming km2. Aholisi 913 ming kişi (2004), asosan, ukrainlar, şuningdek, moldavan, rumin, rus va b. millat vakillari ham yaşaydi. Şahar aholisi 36%. 10 ma'muriy tumanga bölingan, 10 şahar va 9 şaharça bor. Markazi — Çernovsi ş. Muxim şaharlari: Çernovsi, Xotin, Storojinets.
Ç.v. Karpat toğlari va şu toğ etaklari hamda VolinPodoliya qirlarining tarmoqlarida joylaşgan. Iqdimi mö'tadil kontinental. Yanv. ning örtaça trasi —4,8° dan —10° gaça; iyulniki 12°—19°. Yillik yoğin 500—1000 mm. Vegetatsiya davri 206— 216 kun. Muhim daryolari: Dnestr, Prut, Siret. Tekislikda sur tusli örmon va podzollaşgan qoratuproq, toğlarda va toğ etaklarida podzollaşgan qönğir tuproq va çimli qönğir tuproqlar tarqalgan. Hududining 28% örmon va butazorlar (qoraqarağay, oqqarağay, dub, qora qayin). Toğ va toğ etaklari tabiiy piçanzor va yaylov. Örmonlarda buğu, qobon, ayiq, silovsin, tulki, suvsar, tiyin, ondatra, malla tovuşqon yaşaydi. Zubr, los, norka; quşlardan qirğovul iqlimlaştirilgan.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Oziq-ovqat, yengil va maşinasozlik sanoatlari rivojlangan. Göşt, yoğmoy ktlari, şakarqand, sabzavot quritiş va konserva zdlari bor.
Maşinasozlik korxonalari, neft sanoati uçun apparaturalar, energetika asboblari, yengil sanoat uçun stanoklar i.ç.ga ixtisoslaşgan. Örmon va yoğoçsozlik sanoati rivojlangan. Viloyat elektr energiyani Çernovsi issiqlik elektr markazidan oladi. Ipgazlama, qölqoptrikotaj, paypoq i.ç. birlaşmalari işlab turibdi. Q.x. ğalla va texnika ekinlari yetiştiriş, sutgöşt uçun qoramol boqişga ixtisoslaşgan. Ğalla, texnika va yemxaşak ekinlari ekiladi. Boğdorçilik rivojlangan. Viloyat
xöjaliklarida qoramol, çöçqa, qöy va eçki boqiladi. T.y. uzunligi 466 km, qattiq qoplamali avtomobil yöllar uz. 2,7 ming km. 2 oliy öquv yurti (şu jumladan, universitet), 5 muzey, filarmoniya, 2 teatr bor. Ç.v. hududida 17—18-a. larga oid tarixiyme'moriy yodgorliklar (yoğoç çerkovlar) saqlangan.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 57–58-b. — ziyouz.com