ÇÖÇQA, xonaki çöçqa — haqiqiy çöçqasimonlar turkumi (Sus)ra mansub juft tuyoqli hayvon. Xonaki Ç.lar Yevropa, Örta dengiz va Osiyo tönğizlarinint kenja turi (Sus scrofa)fl aH kelib çiqqan. Yevropa va Osiyo guruhlariga bölinadi. Mil. av. 5—4-a.larda xonakilaştirilgan. Ozuqa şaroiti, parvariş hamda uzoq va maqsadli seleksiya natijasida jahonda 100 dan ortiq Ç. zotlari çiqarilgan. Eng köp boqiladigan zotlar — yirik oq, landras, yirik qora, dyurok, Şim. Kavkaz, Ukraina daşt oq çöçqasi va b. Ç.ning tana tuzilişi qöpol, tumşuği uzun, uçida harakatlanuvçi xartumi bor. Oyoqlari tört barmoqli, yelini ikki tizimda joylaşgan, 14 sörğiçli; tanasi siyrak dağal qil bilan qoplangan. Erkagining vazni 250—300 kg, urğoçisi 200— 220 kg ga boradi. Ç. çorva hayvonlari içida eng tez yetiluvçi va sermahsul hisoblanadi, 4— 5 oyligida jinsiy yetiladi, 9—10 oyligida qoçiriladi. Böğozlik davri 102—128 kun, yiliga 2 marta bolalaydi va har bolalaşida 10 va undan ortiq bola beradi. Ç. bolasining tirik vazni tuğilganida 1,2 —2 kg, ikki oyligida 16—20 kg, 6—7 oyligida 90—110 kg, 12 oyligida 200 kg toş bosadi. Bir ona Ç.dan bir yilda 20— 22 bola oliş va uni boqiş mumkin. Boqilgan Ç.ning söyim göşt çi bola oliş va uni boqiş mumkin. Boqilgan Ç.ning söyim göşt çiqimi 70—85% ni taşkil etadi. I.ç. da ona çöçqalar 5—6 y., erkak çöçqalar 7 y. foydalaniladi. Ç.lar tabiiy va sun'iy usulda qoçiriladi. Bir erkak Ç. uruği bilan 100 dan köproq ona çöçqalarni sun'iy uruğlantiriş mumkin. Ç.larni göşt uçun (bekon), göştyoğ uçun va yoğ uçun boqiş usullari mavjud. Ç. göşti va yoğidan turli oziq-ovqat mahsulotlari (bekon, vetçina, kolbasa, dudlangan göşt, rulet, koreyka, şpik va b.) tayyorlanadi. Işlab çikarişda Ç. terisidan oyoq kiyimi, egarjabduklar va b. narsalar tayyorlaşda foydalaniladi. Dunyoning hamma mamlakatlarida, yirik fermalar va xonadon xöjaliklarida boqiladi (q. Çöçkaçilik).
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 188-b. — ziyouz.com