ÇODAK OLTIN KONI - Namangan viloyati Pop tumanidagi kon. Ruda maydoni, asosan, Pirmirob va Guzoqsoyda, şuningdek, bir qança mayda oltinkumuşli namoyonlarni qamrab olgan. Qurama toğ tizmalarining jan. yon bağrida, Qöqon ş.dan 65 km, Namangandan 73 km masofada Çodak daryosi vodiysining örta qismida joylaşgan. Kon 1953 y.da oçilgan. Oltin rudalari kvarsoltinli sanoat turiga mansub, kumuş keng tarqalgan. Maydon Yer pöstining yirik UgomQumbel va Şim. Farğona siniklari tutaşgan, yuqori paleozoy vulkanizmi jarayonlari keng rivojlangan (60% dan köproq maydonni egallaydi) hududda joylaşgan. Maydon tuzilişini bir neça omillar — turli yönalişlarda rivojlangan yirik siniqlar (Anjur, Çelpaksoy, Jölasoy, Çodakboşi, Pirmirob, Guzoqsoy, OqbulokgQoraqöton va h.k.) va ularning şoxobçalari murakkablaştirgan Öriklik qubba kötarilmasi, Çodak siniqoldi çökmasi hamda uşbu strukturalarga Quyundi (C3—P,) porfirli granitoid intruziyasining joylaşuvi (30% dan ziyodroq maydonni egallagan) belgilaydi. Ruda tanalarining joylaşuvi, asosan, fanitoidlar ta'sirida skarnlaşgan, berezitlaşgan jinslar, argillizitlar, kvarsadulyar metasomatitlar orasida turli siniqlar bilan belgilangan bölib, ular plitasimon, murakkab tomir va tomirsimon, linza va ustunsimon şakllarda uçraydi. Ruda tanalarining uz. 1000 m gaça, qalinligi 10 m gaça, bir neça yuz m çuqurlikkaça tarqalgan. Oltinning miqdori 30—40 g/t (örtaça 5—6 g/t), kumuşniki 2200 g/t gaça (örtaça 30—80 g/t) yetadi. Asosiy rudali minerallari: pirit, arsenopirit, xalkopirit, kleofan, galenit, tennantit. Sfalerit, magnetit, gematit, pirargillit, freybergit, polibazit, galenit, allargentum va b. ham uçraydi. Ai ningasosiy qismi — elektrum şaklida, bir neça (6 tagaça) generatsiyasi mavjud; kyustelit ham uçraydi. Rudani yer osti usulida kazib oliş qulay. Oltin ajratib olişning eng oson usuli — töğridantöğri sianlaştirişdir.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 130–131-b. — ziyouz.com