DAMBA, kötarma — daryo özani va qayirlarida suv yölini tösiş yoki oqim yönalişini özgartiriş uçun quriladigan tuproq kötarma körinişidagi gidrotexnika inşooti. D. bosimli va bosimsiz turlarga bölinadi.
Bosimli yoki ihota D. soqildagi pasttekisliklarni suv bosişdan saqlaş uçun daryo, kanal, suv ombori va ş.k.ning qirğoqlarini kötariş (tösuvçi-himoya D.) va bosimli gidrotexnika inşootlarini qirğoq b-n tutaştiriş (tutaştiruvçi D.) maqsadlarida barpo etiladi. Örta Osiyo daryolari tez oqişi va özani tez-tez özgarib turganligi sababli aksariyat qirğoq D.lari ba'zida qöşqavat qilib quriladi. Mac, Amudaryoning qirğoqlari tez-tez yuvilib turadigan quyi oqimida bal. 1,5—3 m, uz. qariyb 900 km bölgan himoya D.si barpo etilgan. Bu kötarmalar, ayniqsa yozgi toşqin (25—30, ba'zida 45 kungaça) va kişki muzlar tiqilib qoladigan (10—20 kun) davrlarda suvning kuçini qaytaradi (q. Deygiş). Bosimsiz D.lar özanni tartibga soliş va töğrilaş, suv olgiç va suv ötkazgiç inşootlar işini yaxşilaş maqsadida oqim yönalişini özgartiriş uçun quriladi. Ular suvga kömilişi yoki kömilmasligi mumkin. Oqim yönalişiga nisbatan joylaşişiga köra köndalang yoki böylama D.ga bölinadi. D., asosan, mahalliy quriliş materiallari — qum-tuproq, toş, tuproq, şox-şabba va ş.k.dan barpo qilinadi. D.lar köpinça toş-tuproqdan yasaladi, mexanizatsiyani qöllaş qulay va qurilişni uzluksiz olib boriş mumkin bölgani uçun bu D.lar nisbatan tez bitadi. D. uyma, yuvma (suv oqizib keltirgan çökindilarni gidromexanizatsiya vositalarini qöllab, qirğoqqa uyiş) va kombinatsiyalaştirilgan (pastki qismi yuvma va ustki qismi uyma) usulda quriladi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 67-b. — ziyouz.com