DIVERSIFIKATSIYA (lot. diversifi catio — özgariş, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlaşma) larning faoliyati sohalari va işlab çiqaradigan mahsulotlari turining kengayişi, yangilanib turişi. D. i. ç.da yuqori samaradorlikka erişiş, iqtisodiy foyda oliş, bankrotlikka barham beriş va b. maqsadlarda amalga oşiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslaşgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boşqa i. ç. tarmoklari, xizmat körsatiş sohalariga, birinçi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borişi ularning xöjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. D. natijasida turli-tuman tovarlar işlab çiqaradigan, xizmat körsatadigan hamda i. t. va işlanmalar b-n band bölgan keng tarmoqli, ammo hamişa ham texnologikjihatdan özaro boğlan-magan majmualar (mas, agrosanoat majmui, örmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu işlab çiqariş D.si deyiladi. Bundan taşqari uning kredit D. körinişi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablağlar xavf-xatarni kamaytiriş va yuqori foyda oliş maqsadida turli-tuman obyektlar örtasida taqsimlanadi). Bunday D. tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo içki beqarorlikning kuçayi-şi b-n boğliq.
Dunyo mamlakatlarida D. jarayoni 20-a.ning 50-y.lari örtalaridan rivojlana boşladi. Dastlab AQŞ, Yaponiya, Ğarbiy Yevropa davlatlarida D. sanoat, transport, quriliş, moliya sohalarida vujudga keladi. Şu bois D. xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, şuningdek, boşqa davlatlarga tegişli bölgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uçun kuraş, raqobat kuraşi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) b-n belgilanadi. D.da firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoklilik tusini oladi. Ular avvalo köp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo)da faoliyat boşlaydi. Kompaniyalar mahsulot i. ç. b-n birga, şu mahsulot uçun zarur bölgan xom aşyoni ham özlari tayyorlaşga kirişadi. Mablağlarni kam daromadli sohadan tejab köp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Mas, AQŞ konsernlari xizmat körsatiş, quriliş, yer maydonlari savdosi, naşr işlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga beriş va b.da faoliyat yuritdi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 251-b. — ziyouz.com