Yer şarida O. suvi va qurukliklarning taqsimlanişi turliça. Şim. yarim şarda suv sathi yer şarining 61% ini egallaydi. Bu yerda O. suvlari qurukdikxa ança kirib borib, köp sonli dengiz va qöltiqlar hosil qiladi. Barça içki dengizlar Şim. yarim şarda joylaşgan. Jan. yarim şarda suv sathi 81% maydonni taşkil etadi, lekin dengiz va qöltikdar kam. 81° şim. kenglikdan şim.da Şimoliy Muz okeanida va jan. kenglikning taxm. 56° b-n 65° örtasida O. suvi yer şarini uzluk-siz qatlam şaklida örab olgan. Suv yoki kurukdikning köpligiga qarab yer şari okean yarim şari va materik yarim şariga bölinadi. Okean yarim şarining qutbi Yangi Zelandiyadan jan.- şarkda, materik yarim şarining qutbi esa Fransiyaning şim.-ğarbida joylaşgan. Gidrosferaning bir qismi bölgan O. atmosfera va Yer pusti b-n uzluksiz özaro aloqador; şuning uçun ham O.ning köpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer pöstiga boğliq.
O. issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. O. tufayli Yerda t-ra juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq ölkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uçun qulay şaroit vujudga keladi. O. oqsil moddalarga ega bölgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. O. energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham bölib, ularning bir qismidan (suv kötariliş energi-yasi, ba'zi kimyoviy elementlar, neft, gaz va b.dan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. O. va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar örnatişda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning oçilişi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni özlaştiriş uçun şaroit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlaştirdi. Dunyodagi yuk aylanişning 4/5 qismi O. yöllari orkali amalga oşiriladi (q. Dengiz transpor-ti).
O.ning insoniyat hayotidagi roli tez ösmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida O.dan foydalaniş muammolari (kema qatnovi, baliq ovlaş, O. resurslaridan ratsional foydalaniş, şelfni özlaştiriş, kontinentlararo kabellar yotqiziş, suvni çuçuklaştiriş, şuningdek, dengizlarni muhofaza qiliş va ifloslanişining oldini oliş va b.) olamşumul ahamiyatga ega bölib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qiliş b-n boğliq.
Keyingi yillarda O.da olib borilgan tadqiqotlar şuni kursatdiki, O. tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolişmaydi.
Tubining geologik tuzilişi va relyefi. O. tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gaça çuqurlikda joylaşgan. O. tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik şaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilişi va tarixiy rivojlanişidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. O. tubini eng yirik relyef şakllariga qarab 4 qismga böliş mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan çekka qismlari; 2) Okean ka'ri; 3) materiklarning suv ostida qolgan çekka kismlari b-n O. qa'ri örtasidagi oraliq zona; 4) okean örtasidagi toğ tizmalari.
O. tubining materiklarga yondoş kismlarining Yer pusti materiklarnikiga öxşaş bölib, materiklarning suv ostidagi çekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab şelf, materik yon bağri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi b-n çegaradoş O. qa'ri uç qatlamli: yupqa pöstdan iborat yumşoq çökindili yuqori satlam (yoki «birinçi» seysmik qatlam), «ikkinçi» (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.
Tinç okean çekkalarining katta qismida, Hind okeanining şim.-şarqida, şuningdek, Karib va Skoşa (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi çekkasi b-n O. qa'ri örtasida oraliq zona joylaşgan. Bu yerlarda çekka dengiz soyliklari (çuq. 4000— 5000 m gaça), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida toğ tizmalarini hosil qilgan), çuqur novlar relyefning asosiy şakllaridir; O.ning eng çuqur joylari ana şu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila bölib, vulkanlar otilib turadi.
Okean örtasidagi suv osti toğ tizmalari O. tubining 4-yirik şaklidir. Barça okeanlarni u boşidan bu boşga kesib ötgan suv osti toğlarida rift vodiylari, rift tizmalari, köndalang siniklar, şuningdek, yirik vulkan massivlari uçraydi.
O. tubi çökindilari. Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar şuni körsatadi-ki, ğovak çökindilarning qalinligi O.ning materik yaqinidagi zonalarida 2000— 3000 m va undan ham ortiq bölsa, okean örtasidagi toğ tizmalarida, tik toğ yon bağirlarida va materik yon bağri jarliklarida bir neça ön m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.
O. tubi çökindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralaş (poligen) çökindilar ham böladi, çuqur suv osti qizil gillari ana şunday aralaş (poligen) çökindilardir. Terrigen çökindilar materiklarning suv ostidagi çekkalarida, O. qa'rining çetlarida va çuqur suv novlarida uçraydi. Ohakli çökindilar O.ning issiq va mö'tadil zonalarida (50° şim. kenglikdan 50° jan. kenglikkaça) köproq tarqalgan; O. qa'rida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — çiğanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat böladi. 4500—5000 m dan çuqurda SaSO3 erigan holatda bölgani uçun ohak çökindilar yöq. Kremniyli çökindilar (radiolyariya va diatom çökindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravişda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Çuqursuv qizil gili 4500—5000 m va undan ham çuqur botiklarda böladi. O.ning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondaşgan qismlarida vulkan çökindilari şakllanadi. O. tubida karbonatli çökin-dilar (150 mln. km2), çuqursuv qizil gillari (PO mln. km2 dan köproq) va kremniyli gillar (60 mln. km2ga yakin) eng köp maydonni egallagan.
O. tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina töplanmay, O. örtasidagi toğ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uçraydi. Tarkibida metallar, ba'zi hollarda rudalar [(20—40% gaça Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va b. elementlar] bölgan qatlamlar ana şular jumlasidandir.
Okean çökindilari dengiz çökindilariga nisbatan sekinroq töplanadi. Çuqur suv qizil gillari 1000 yil içida 1 mm, ohakli va diatomli çökin-dilar 1000 yilda 1—30 mm gaça yiğiladi. Materik yon bağrining asosida terrigen çö kindilar eng tez töpla-nadi (1000 yilda 100 mm).
Okean çökindilarining asosiy qismi zarraçalar şaklida yoki erigan holda materiklardan keladi. Çökindilarning mikdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka, şuningdek, tektonik rejimga boğliq.
Kelib çiqişi va geologik tarixi. O. suvi Yer mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. O.dagi botiklarning paydo bölişi haqida turli gipotezalar bor. Çuqur suv havzalaridan iborat hozirgi O. kamida yura davridan beri mavjud, çunki O. tubida bundan qad. jinslar topilganiça yöq. Bör davri va kaynozoy erasida havzalar yanada çuqurlaşdi va abissal çökindilar töplanib bordi. Yaqin geologik ötmişda çekka geosinklinal havzalar hisobiga materik çetlari ösib borgan. Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ança qalin çökindilar O.ning juda qadimiyligidan dalolat beradi. O. tubi yirik relyef şakllarning vujudga kelişida Yer pöstining vertikal va gorizontal harakatlari muhim rol öynadi (q. Yer).
Suvlari geokimyosi. O. suvi örtaça 35 g/l konsentratsiyali tuzlar eritmasidan iborat. O.da hammasi bölib 5-Yu22 g erigan tuzlar bor.
O. tuzlari massasi tarkibi materiklardan keladigan çökindilarning erişi, atmosfera b-n modda almaşiş jarayoni va O. tubi çökindilari, şuningdek, dengiz organizmlarining hayot faoliyati natijasida tartibga solib turiladi. Ti, Mn, Zr va b. ba'zi metallarning ionlari gidroliz natijasida koagulyatsiyalanadi va gid-rooksidlar şaklida O. tubiga çökadi. Dengiz suvining bir kança mikroelementlari — Si, Pb, Mo, Hg, Zn, U, Ag, siyrak yer elementlari va b. turli xil tabiiy sorbentlar — organik modda, temir va marganets gidrooksidlari, kalsiy fosfat, silikatlar b-n adsorbsiyalaniş yöli orqali çökadi.
O. suvida atmosferadan tuşadigan va okean suvi katlamlarida vujudga keladigan turli xil gazlar ham erigan holda mavjud. O.dagi hayot faoliyatini belgilab beradigan O2 va CO2 ayniqsa
muhim ahamiyatga ega. Bir qança inert (kimyoviy reaksiyalarda iştirok etmaydigan) gazlar —N2, Ar, Kg, Xe ham bor. Suvning ustki qatlamlarida (100— 150 m) O2 miqdori eng köp (7—8 ml/ l); çuqurlaşgan sari 3,0—0,5 ml/l ga tuşib qoladi, bir xil joylarda umu-man O2 yöq. CO2 esa, aksinça, suvning çuqur qatlamlarida eng köp böladi.
Fitoplanktonning fotosintetik faoliyati suvning ustki (100—150 m gaça çuqurlikda bölgan) qatlamlaridagi erigan gazlarni kislorod b-n boyitadi, CO2 ni yutadi. Organizmlar ugleroddan taşqari Si, Ca, Mg, K, Vg, I, R, Na, şuningdek, fiziologik ahamiyatga ega bölgan V, Zn, Cu, Co, Ni kabi bir qança oğir metallarni xam yutadi. Organizmlar ölganda bu elementlarning bir qismi çökadi va tegişli şaroitda töplana boradi. Temir-mar-ganetsli konkretsiyalarda Si, Zn, Ni, So, Mo, Ag, Ti, Pb va b. elementlar ham Yigiladi. Temir-marganetsli konkretsiyalarning umumiy miqdorini 10p ga teng deb hisoblaş qabul qilingan.
Mineral va energetika resurslari. O. boy mineral resurslar manbaidir. Ular dengiz suvlarida erigan hoddagi kimyoviy elementlar; dengiz tubi ta-gidagi va tubi yuzasidagi foydali kazilmalardan iborat.
20-a.ning 70-y.larigaça dengiz suvlaridan, asosan, oş tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-şi şaroitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar oliş is-tiqbollari oçilmoqda.
O.dan olinadigan mineral xom aşyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga töğri keladi. Şelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km2 ga teng (şelf umumiy maydonining '/2 qismi). Taxm. hisobga köra. O. dagi neftning geologik zaxiralari (305 m çuqurlikkaça) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m3. 20-a. 70-y.lar boşi-gaça neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100—110 m çuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu işlarni O.ning qirğoqdan ança uzoq va çuqurroq joylarida amalga oşiriş imkoni tuğiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz çiqariş b-n şuğullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va O. şelf zonalarida qidiruv işlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz çiqarişning eng yirik konlari Fors va Meksika qöltiqlarida joylaşgan. Şim. dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.
Şelf metall rudalari va nometall qazilmalarga xam boy. Ular içida titanli minerallar — ilmenit va rutil, şuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (şarqiy sohil)da bölib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar çiqariladi. Bunday soçma konlar Hin-diston, Şri Lanka, Malayziya va b. mamlakatlar yaqinida xam uçraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirğoqlari yaqinidagi şelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va b. qazib çiqariş muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qança joylarda oltin va platina (mas, AQŞdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning jan.-ğarbiy qirğoğidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Çili, JAR va b.) keng tarqalgan.
O. tubining keng maydonlarida öziga xos köp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir neça trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir neça marta köp. Ba'zi mamlakatlarda 4 ming m çuqurlikdan sanoat yöli b-n konkretsiyalar qazib çiqariş sinab körilmoqda.
Neft va gazdan boşka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. O.dan energiya oliş uçun tölqinlar kuçi, suv kötarilişi va qaytişi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi t-ra tafovutidan foydalaniş mumkin. Suv kötarilişi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv kötarilişi elektr st-yasi Fransiyaning La-Manş sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); RFda Kola ya.o.ning şimolida Kislaya Guba suv kötarilişi va qaytişi b-n işlaydigan elektr st-yasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv kötarilişi va qay-tişi elektr st-yalari quriş loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQŞ, Buyuk Britaniyada ham bunday st-yalar loyihalari işlab çiqilmokda. O.ning ter-mik energiyasidan foydalanişda tropik ölkalarda şaroit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirğoq zonasidagi suvlarning t-rasi ustki qatlamlarda 30°, 400—500 m çuqurliqda esa 8—10°. Birinçi gidrotermal elektr st-yasi Abidjan yaqinida (Kot-d'Ivuar)da quriddi. O. oğir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boşqariş masalasi xal qilinsa, oğir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi.
Gidrologik rejimi. O.ning i s -siqlik balansi. O. issiqlik balansining asosiy tarkibiy qismlari: radiatsiya balansi (quyoşning yalpi radiatsiyasidan O.ning nur qaytarişi ayirmasi), buğlanişga sarflanadigan issiklik, okean yuzasi b-n atmosfera örtasidagi turbulent issiklik almaşinişi va oqimlarning issiqlikni bir joydan ikkinçi joyga olib ketişi.
Jami radiatsiya yukrri kengliklardan quyi kengliklarga qarab kupaya boradi va atmosfera bosimi yukrri bulgan joylarda 20° şim. kenglik va 20° jan. kenglikda maksimumga yetadi, bu narsa tropik va subekvatorial kengliklarda bulut kam bölişiga boğliq. Bosim baland joylarda buğlanişga ham maksimal issiqlik sarf böladi. Turbulent issiqlik almaşiniş barça kengliklarda ham boşqalardan kam böladi. O. suvi 30° şim. kenglik b-n 30° jan. kenglik orasida issiqlikni yutadi va yuqori kengliklarda esa issiqlikni atmosferaga beradi. Bu faktlar yilning sovuq yarmida örta va qutbiy kengliklarda iklimni ançagina yumşatib tu-radi. 3-jadvalda O. issiklik balansining tarkibi kkal/ sm2 yilda kenglik mintaqalari böyiça berilgan
Suv balansi. O. yuzasidan buğlanadigan namlik, yoğin suvlari va materikdan oqib tuşadigan suvlardan tarkib topadi. Ana şu suvlarning nis-bati turli kengliklarda O. suvining şörlik darajasini belgilaydi. Materiklardan oqib tuşadigan suvlar O.ga tuşadigan yoğin suvlarining atigi 10% ini taşkil etadi. Şim. yarim şarda buğlaniş bir yilda 111,9 sm; yoğin 116,7 sm ga, Jan. yarim şarda buğla-niş 113,0 sm, yoğin 91,6 sm ga teng. Örtaça va qutbiy kengliklarda muzlarning erişi va suv muzlaşi ham suv balansida muhim ahamiyatga ega.
Temperaturasi. Suvning 1 sm qalinlikdagi ustki qatlami O. ustiga tuşadigan quyoş energiyasining 94% ini yutadi. Aralaşiş natijasida issiklik O.ning barça qatlamlariga ötadi. O. yuzasidagi suvlarning yillik örtaça t-rasi 17,5°, O. ustidagi havo t-rasi esa 14,4° ga teng. Şim. yarim şarda suv t-rasi Jan. yarim şardagiga nisbatan baland-roq (materik ta'-sirida). Termik ekvator (eng katta t-ralar liniyasi) ekvatordan şimolda joylaşgan. Bu yerda örtaça yillik t-ra 28°, yopiq tropik dengizlarda esa 32°. Ekvatordan qutblarga uzoklaşgan sari u qutbiy ölkalarda sekin-asta 1,5—1,9° gaça pasayadi. T-raning mav-sumiy tebranişlari 100—150 m çuqurlikkaça yuz beradi. Çuqurlaşgan sari t-ra pasayadi va tubi yuzasidagi qatlamda 0° dan pastga tuşadi. Pekin bu holat hamma yerda ham bir xil bölmaydi. O. tubida t-ra yuzadan kelib turadigan suv t-rasiga boğliq. O. tubiga yakin suv t-rasi 1,4—1,8°, qutbiy oblastlarda esa 0° dan past böladi. 7 ming m dan çuqur botiklarda t-ra pasaymasdan, ak-sinça, adiabatik jarayon ta'sirida bir gradusning öndan bir uluşlarigaça orta boradi.
Şörligi. Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab şörlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qöltiği, Örta dengiz) gaça böladi. Bunga okimlar, muz hosil bölişi va muz erişi ham ta'sir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi O. yuzasidagi şörlikning örtaça miqsori körsatilgan.
Şim. yarim şarda Jan. yarim şardagiga nisbatan şörlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy ölkalarda şim.da 31,4%0; jan.da 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Şörlikning mavsumiy özgarişi suvning yuza qismida, 100— 150 m çuqurlikkaça seziladi.
O. suvlarining sirkulyatsiya-si. O.ning 150—200 m çuqurlikkaça bölgan yuza kismida O. suvlari köp esa-digan şamollar ta'sirida sirkulyatsiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va mö'tadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy xarakterga ega va faqat Tinç okeandagina yil böyi mavjud. Mussonli ölkalarda yuza okimlar mavsumiy özgarib turadi. Hind okeanining şim. qismi va Tinç okeanning şim.-ğarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150—200 m dan çuqurda suv sirkulyatsiyasi O. suvi qatlamlari ziçligining tafovuti tufayli vujudga keladi (q. Dengiz oqimlari).
Tölqinlar. Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan taşqari O. da şamol, suv kötarilişi va qaytişi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan tölqin harakatlari ham böladi. Şamol tölqinlari O.ning 50— 60 m çuqurlikkaça bölgan yuza qatlamlaridagina röy beradi; ularning bal. 12—13 m va undan köproq. Köpçilik okean tölqinlarining balandligi mö'tadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv kötarilişi tölqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik tölqinlar O. suvining tubigaça yetib boradi. Suv kötarilişi tölqinlari O.da doimo bölib turadi. O.da içki tölqinlar ham böladi. Ularning balandligi bir neça ön metrga yetadi.
Suv kötarilişlari.O. reji-mida suv sathining davriy ravişda kötarilibpasayib turişi — suv kötarilişlari va suv kötarilişi oqimlari muhim rol öynaydi. Yarim sutkalik suv kötarilişlari eng köp takrorlanadi. Oçiq O.da bu tölqinlarning bal. 1 m dan oşmaydi, lekin, qirğoqlarda 3—6 m ga yetadi. Eng katta suv kötarilişlari okean qöltiqlari va çekka dengizlar uçun xosdir: Fandi qöltiğida (Kanadaning Atlantika oke-ani qirğoği) 18 m ga yetadi. Ba'zi ölkalarda (Meksika qöltiğining ğarbiy qismi, Yava dengizi va b.) suv kötarilişlari sutkalik bölib, 5,9 m ga yetadi (Oxota dengizi). Boşqa joylarda aralaş (yarim sutkalik yoki sutkalik) suv kötarilişlari 13,2 m ga yetadi (Oxota dengizidagi Penjina qöltiği).
O. suvlarining aralaşişi. O. suvlari vertikal va gorizontal yunalişda aralaşib turadi. Natijada gidrologik va gidrokimyoviy xusu-siyatlari bir qatlamdan ikkinçi qatlamga ötadi. Aralaşiş molekulyar va turbulent turlarga ajraladi. Bunda friksion va konvektiv aralaşiş yuz beradi. Friksion aralaşiş şamol va suv kötarilişi şaklida böladi. Şamol ta'sirida suv şamol tölqinlari yetib borgan çuqurlikkaça aralaşadi, suv kötarilişi natijasidagi aralaşiş O. tubigaça yetadi.
Suv aralaşişining O. hayotidagi roli katta. Aralaşiş natijasida quyoş nuri yuza qatlamlardan quyi qatlamlargaça ötadi, çuqur qatlamlar kislorodga töyinadi, yuza qatlamlar töyimli (biogen) moddalarga boyiydi. O.larning unça çuqur bölmagan va intensiv aralaşib turgan joylarida dengiz hayvonlarini ovlaş qulay (Barens, Şimoliy, Azov dengizlari, Nyufaundlend oroli yaqinida va b.).
O. sathi suv kötarilişi, şamollar, atmosfera bosimi ta'sirida özgarib turadi. Atmosfera bosimi ta'sirida O. sathining özgarişi mavsumiy xarakterga ega. Şamollar ta'sirida ba'zan, suv sathi juda baland kötariladi va O. sohillarida suv toşqinlariga olib keladi.
O. suvining rangi va şaf-fofligi uning yoruğlik nurlarini yutiş va tarqatiş qobiliyatiga, spek-tral tarkibining özgarişiga, yoruğlik oqimining sekinlaşişiga boğliq. Oçiq O.da suv öta şaffof kök rangda böladi. Suv tarkibida zarraçalar köp bölsa suv zangori-kök yoki yaşil rangda böladi (qirğoq böyi, ba'zi yopiq dengizlar). Köplab loyqa keltiriladigan katta daryolar quyiladigan joylarda suv rangi sarğiş yoki jigarrang tusda böladi.
Zonallik. Quyoş energiyasining O.da taqsimlanişi bir xil bölmay, zonallik qonuniga böysunadi. Kenglik zonalligi 150—200 m qalinliqdagi qatlamni öz içiga oladi. Şunga bino-an, O.da kuruqlikda bölganiday qutbiy, qutb yoni, mö'tadil, subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalar bor.
Vertikal zonallik yuza, yuza tagi, oraliq, çuqur va O. tubi yaqinidagi suv massalari şaklida ajralib turadi. Yuza suv massalaridan atmosfera b-n aktiv energiya va modda almaşinişi röy beradi.
Ösimlik va hayvonot dunyosi. Tirik organizmlar O.ning yuzasidan tortib eng tagigaça uçraydi. Yaşaş joyiga qarab suvdagi pelagik organizmlar (passiv suzuvçilar — plankton va faol suzuvçilar — nekton) va O. tubida yaşaydigan organizmlar (bentos) böladi. Ösimlik organizmlaridan bakteriyalar va ba'zi quyi zamburuğlargina O.ning hamma joyida uçraydi. O.dagi biologik, kimyoviy, geologik jarayonlarda bakteriyalar katta rol öynaydi. Ular modda almaşinişi, oksidlaniş-tiklaniş jarayonlarida iştirok etadi, suvda va tub çökindilaridagi organik moddalarni özlaştiradi va h.k. Qolgan ösimlik organizmlar O.ning fotosintez yuzaga keladigan va yoritilib turadigan ustki qatlamlaridagiga (asosan, 50—100 m çuqurlikkaça) böladi. O.da 10 mingga yaqin ösimlik turi bor. Fitoplankton, asosan, dia-tom suvötlar, qivçinsimonlardan peridineya va kokkolitoforidlardan iborat. O. tubi ösimliklariga (fito-bentos) diatom, yaşil qönğir va qizil suvötlar, şuningdek, gullaydigan ötsimon ösimliklarning (mas, zostera) bir neça turi kiradi.
O.ning hayvonot dunyosi yana ham xilma-xildir. O.da erkin hayot keçiruvçi hoz. zamon hayvonlarining sinflari yaşaydi, köpçilik sinflar esa faqat O.dagina bor. O. faunasi 160 mingdan ortiq turni öz içiga oladi: 15 ming eng sodda jonivorlar (asosan, radiolyariyalar), 5 ming bulutlar, 9 ming kovakiçlilar, 7 mingdan ortiq har xil çuvalçanglar, 80 ming mollyuskalar, 20 mingdan ortiq qisqiçbaqasimonlar, 6 ming ignatanlilar va boşqa umurtqasizlar (mşankalar, braxio-podalar, pogonoforalar va b. ba'zi bir turlar), 16 ming baliq turi. Umurtqali hayvonlardan O.da, baliqdardan taşqari, ba'zi toşbaqalar va ilonlar (50 tur) va 100 xildan ortiq sut emizuvçilar, asosan, kitsimonlar va kurakoyoqlilar yaşaydi. Ba'zi kuşlarning (pingvinlar, albatroslar, çaykalar va b. — 240 tur) hayoti doimo O. b-n boğlangan.
Tropiklarda hayvon turlari, ayniqsa, xilma-xil. O. tubi faunasi sayoz marjon riflarida, ayniqsa, köp turlardan iborat. Çuqurlaşgan sari hayot kamayadi. Eng çukur joylarda (9000— 10000 m va undan ham quyida) bakteriyalar va bir neça ön xil umurtqasiz hayvonlargina yaşaydi.
O.ning turli joylarida hayot har xil taraqqiy etgan. Fitoplankton mikdori ustki qatlamlardagi biogen elementlar miqdoriga, birinçi navbatda azot, fosfor, kremniy birikmalariga boğliq. Fitoplanktonga boy joylarda u b-n oziklanadigan zooplankton va zooplanktonni yeydigan nekton ham eng köp.
O. tubi organizmlari mö'tadil ölkalarning qirğoqqa yaqin sayoz joylarida, ayniqsa, köp (O. tubining 1 km2 maydonida bir neça ön kg fito va zoobentos mavjud). Juda katta çukurliklardagi tirik organizmlar yuza qatlamlardan çökadigan va qirğoq yaqinidagi sayozliklardan keladigan organik qoldiqlar hisobiga yaşaydi. O.ning turli çuqurliklarida hayot şaroitlari bir xil emas. Çuqurlaşgan sari yoruğlik kamayadi, t-ra pasayadi, gidrostatik bosim orta boradi, oziq-ov-qat kamayadi va h.k. Bularning hammasi O.da vertikal biologik zonallikni vujudga keltiradi. O. tubida quyidagi hayot zonalari mavjud: litoral (suv kötarilişi va qaytişi zonasi), sublitoral (200 m gaça), batial (2500— 3000 m), abissal (6000 m gaça), ultraabissal yoki xadal (6000 m dan çukur). O. suvi qatlamlarida, odatda, yuza zona yoki epipelagial (150—200 m) oraliq, yoki mezopelagial (750—1000 m) va çukur suv zonalari ajratiladi. Çukur suv zonasi öz navbatida batipelagial (2500—3000 m), abissopelagi-al (6000 m) va ultraabissal (6000 m dan çukur) ga bölinadi. Köpgina dengiz organizmlari ovlanadi va oziq-ovqat yoki texnika xom aşyosi sifatida foydalaniladi.
Biologik resurs lari. O. yirik biologik resurelar manbaidir. Butun dunyoda işlatiladigan hayvon oqsilining 12—15%, hayvon yoğlarining 3— 4% i O.dan olinadi. Dunyodagi baliq va b. jonivorlar ovining 4/5 qismi dengiz va okeanlarga töğri keladi. Den-gizdan ovlanadigan mahsulotlarning 90% ini baliq taşkil etadi. 5% turli xil mollyuskalardan, 3% qisqiçbaqasimonlardan, 1,5% suv ösimliklaridan iborat. Dengiz sut emizuvçilari (kitlar, tyulenlar va b.) ham ovlanadi. O. biologik resurslarining jadal sur'atlarda özlaştirilişi va qudratli texnikadan foydalaniş bu zaxiralarning keskin kamayişi va tiklanmasdan qoliş xavfini tuğdi-radi. O.dagi hayvonot va ösimlik dunyosidan oqilona foydalaniş zarurati bu sohada xalqaro hamkorlik qiliş, O. hayvonlarini muhofaza qiliş ma-salasini kun tartibiga qöyadi. Eng qimmatli dengiz hayvonlari va ösimliklarini sun'iy ravişda qaytadan köpaytiriş muhim rol öynaşi kerak.
Xalqaro huquq rejimi. O. huquq rejimi inson faoliyatining O. b-n boglik bölgan 6 ta yirik huquqiy regla-mentatsiyasini, ya'ni O. akvatoriyapari rejimi, O.da savdo kemalari qat-novi rejimi, harbiy kemalarning suzib yurişi rejimi, O.da ilmiy tadqiqotlar olib boriş rejimi, O. tubi va yer osti boyliklari, şuningdek, O. muhitini muhofaza qiliş huquqiy reglamentatsiyalarini öz içiga oladi.
O. huquq rejimi xalqaro şartnomalar va taomillar, şuningdek, ayrim davlatlarning milliy qonunlarida aks etgan. O. rejimini belgilaşda hukumatlararo dengiz konsultativ taşkilo-ti, BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari b-n şuğullanuvçi taş-kiloti (YUNESKO) ning okeanofafiya komissiyasi, BMTning milliy yurisdiksiya doirasidan taşqarida amal qiladigan qömitasi — dengiz va okeanlar ostidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş qömitasi, BMTning dengiz huquqi qömitasi va b. xalqaro taşkilotlarning roli katta.
O. akvatoriyalari xalqaro huquqiy rejimi dengizga çiqiş yöli bölgan har bir davlatning içki dengiz suvlari (q. Içki suvlar), xududiy suvlar va oçiq dengiz suvlari huquqiy reglamentatsiyasini öz içiga oladi.
Savdo kemalari qatnovining xalqaro huquqiy rejimi barça mamlakatlar savdo kemalarining tinçlik va özaro manfaatdorlik asosida erkin suzişiga yordam beriş, dengiz savdo kemalari qatnovi xavfsizligini ta'minlaş, yölovçilar va yuklarni taşiş, savdo kemalari va ularning ekipajlari, yölovçilari va yuklarining huquqiy holatiga oçiq dengizda ham, çet davlatlarga tegişli suv va portlarda ham rioya qiliş uçun belgilanadi.
Harbiy dengiz kemalarining xalqaro huquqiy rejimi barça mamlakatlar harbiy kemalarining dengizda erkin suzişiga kömaklaşiş, xavfsizligini ta'minlaş, dengizda böladigan har xil hodisaning oldini oliş, dengiz va okeanlarda huquqiy tartibotga böysunişga xizmat qilişdan iborat. Bu rejim oçiq dengizdagi harbiy kemalarga alohida ququqlar (dengizda huquqbuzarlarni ta'qib qiliş, dengiz qaroqçilari, qul savdosi va b. xalqaro jinoyatlarga qarşi kuraşiş kabi ququqlar) beradi.
Ilmiy tadqiqotlar olib boriş xalqaro huquqiy rejimi vazifasi O.ni, şuningdek, dengiz akvatoriyasidan atmosfera va kosmosni har tomonlama tadqiq etiş uçun qulay şaroit yaratişdan iborat. O. huquqining bu sohasi rivojlanib bormoqda. O.ni tadqiq etiş sohasida hamkorlik töğrisida tuzilgan bitimi O. huquqida alohida ahamiyatga ega.
O. muhitining xalqaro-huquqiy muhofazasi O.dan har qanday maqsadda foydalangan holda ham dengiz muhitini, ekologik mu-vozanatini saklaşdan, uning ifloslanişiga (ayniqsa, radioaktiv moddalarning tarqalişiga) yöl qöymaslikdan, şuningdek, flora va fauna, O. tubi va yer osti boyliklari, O. ustidagi atmosferaga va ş.k. ga zarar yetkazilişining oldini olişdan iborat.
O.da baliq va dengiz hayvonlari ovlaş va ösimliklar yiğişni tartibga soladigan xalqaro huquq O.dagi biomassalarning rivojlanişiga zarar yetkazmasdan iş körişni belgilaydi. O. tubi va yer osti boyliklari xalqaro huquq rejimi xoz. dengiz huquqida kam işlangan soha-dir. Dengizdan foydalanişning bu turi 60-y.lar va 70-y.larning boşida rivojlana boşladi.
Ad.: Şokalskiy Yu. M., Okeanografiya, 2 izd., L., 1959; Kerrington R., Biografiya morya, per. s angl., L., 1966; Istoşin Yu. V., Okeanologiya, L., 1969; Ditrix G., Obşaya okeanografiya, per. s nem., M., 1962; Okean (Sb. st.), per. s angl., M., 1971; Şepard F. P., Morskaya geologiya, per. s angl., 2 izd., L., 1969; Leontyev O. K., Dno okeana, M., 1968; Okean i çeloveçestvo, M„ 1968.