EKLAMPSIYA (yun. — çaqnaş) — homiladorlik toksikozlarining xavfli şakli. Birinçi marta böyida bölgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning ikkinçi yarmida, köpinça sönggi oylarida vujudga keladi. E.ning asosiy belğisi tutqanoq tutişidir. E.dan avval nefropatiya va preeklampsiya alomatlari (qattiq boş ogrişi, köz xiralaşişi, köz oldi jimirlaşişi, qon bosimi kötarilişi, siydikda oqsil köpayişi, uyqusizlik, betoqatlik va boşqalar) namoyon böladi. E.da tutqanoq tutadi, bemor huşdan ketadi. E. homiladorlikda, asosan, tuğruq vaqtida, ba'zan çilla davrit ham uçraydi. Tutqanoq boşlanganda dastlab bemorning yuz muskullari «uçadi», qovokdari yumilib, lab burçaklari osilib ketadi. Söng butun gavda muskullari qisqarib, tana taranglaşadi, bemor huşdan ketib, ba'zan nafas olmay qoladi, kökaradi (tonik talvasa). Keyin yuz, tana va qöloyoq muskullari tortişib qisqaradi (klonik talvasa), bemor nafasi qisib xirillaydi, oğzidan köpik keladi, yotgan joyida özini kötaribkötarib otadi. Tirişiş töxtagaç, ayol bir neça vaqt koma holatida (behuş) yotib, sekin-asta öziga keladi. Oğirroq hollarda E. tutqanoqsiz keçadi (komatoz şakli). Ba'zan E. alomatlari röyrost közga taşlanmaydi, ularni vaqtida aniqlaş ança qiyin. Şu sababli u göyo bexosdan paydo bölgandek böladi. Tutqanoq tutganda bemorning biror joyiga şikast yetib qolmaslik çorasini köriş lozim; u tilini tişlab olmasligi uçun oğziga bandiga doka öralgan qoşiq solib qöyiladi; tutqanoq xuruji ötib ketgaç bemorning sölagi nafas yöllariga tuşmasligi uçun oğzini toza salfetka bilan artib olinadi. E.da öpka şişişi yoki miyaga qon quyilişi tufayli ayol, platsentaning örnidan köçişi, baçadonga qon quyilişi tufayli esa homila nobud bölişi mumkin.
Davosi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallaştiruvçi, qon bosimini pasaytiruvçi, siydik ajralişini kuçaytiruvçi doridarmonlar, kislorod, parhez buyuriladi. Oldini oliş: homiladorlikning ilk toksikozlarini öz vaqtida davolaşdan iborat.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 37-b. — ziyouz.com