Yuklarni taşiş, vositaçilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boşqalar xizmatlarni sotişdan olinadigan daromadlar körinmas E.ni taşkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan köpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.
Har qanday davlat uçun E. import va çet ellarda boşqa xarajatlarni tölaş uçun zarur bölgan çet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning taşqi iqtisodiy siyosatida (q.Taşqi iqtisodiy siyosat) E.ni kengaytiriş muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uçun möljallangan işlab çiqarişni qöllabquvvatlaşning turli şakllarini keng qöllaydi (soliq imtiyozlari va boşqalar moliyaviy kömaklar; E.ni davlat tomonidan kreditlaş).
E.ni çeklaş (q. Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etiş yöli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oşiriladi. Ayrim tovarlar E.i ba'zan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga köra çeklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uçun muhimligi, yöqolib borayotgan hayvonlar yoki ösimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asraş va boşqalar). Özbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar E.i bojxona rejimida, bojxona tölovlari tölanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa talablar bajarilgan hollarda Özbekiston Respublikasining bojxona hududidan çetga çiqariladi.
2003 yilda Özbekiston Respublikasi E.i 3725,0 mln. AQŞ dollaridan iborat böldi (import 2964,2 mln. AQŞ dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), maşina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boşqalar asosiy örinda turadi.
Köpgina mamlakatlarda E. tovarlari qöşilgan qiymat soliğidan va şunga öxşaş soliqlardan ozod qilinadi (yana q. Taşqi savdo).
Qodirjon Yusupov.