EKSTREMIZM (lot. — öta, keskin) — siyosatda va mafkurada aşaddiy, favqulodda harakat va qaraşlarga asoslanib faoliyat yuritiş. E.ning siyosiy va diniy körinişlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy E. namoyandalari özlarining ğarazli maqsadiga erişiş uçun kuç işlatiş usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritişini buziş va yöqotişga harakat qiladi. Bu yölda ekstremistlar va ekstremistik taşkilotlar «demokratiya» niqobi ostida balandparvoz şiorlar, çaqiriqlar bilan çiqib, terrorçilik va partizanlik harakatlarini qöllabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, iş taşlaşlar, tartibsizliklar çiqarişga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qiliş usulidan foydalanadilar (q. Terrorizm). Ekstremistik taşkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelişuvni rad etadilar. Öziga tobelarni öz buyruq va körsatmalarini körkörona bajarişga majbur etadilar. Siyosiy E.ning millatçilik körinişi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etişda namoyon böladi. Millatçi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan boğliq bölib, köp millatli davlatlarni yöqotiş, tub millat hukmronligini örnatişga qaratiladi. Bunday E. millatlararo munosabatlarning keskinlaşuvi va xalklar örtasida mojarolar çiqişiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boşqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz böladi. Diniy taşkilotlardan dunyoviy davlatga qarşi kuraşda foydalanadi. E.ning turli körinişlari sönggi vaqtlarda dunyoning köp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham özini namoyon eta boşladi. Turli diniy ekstremistik taşkilotlar («Hizbut-tahrir», «Tavba») yangidan mustaqillikni qölga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinçalik qiyinçiliklarni rökaç qilib, aholini, ayniqsa, yoşlar ongini aqidaparastlik ğoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yöldan urişga, öz ota-onasiga, akaukasiga, özi tuğilib ösgan maskaniga, davlatiga qarşi qöyişga harakat qilmoqda. Bugungi kunda E.ga qarşi kuraş öta dolzarb vazifa hisoblanadi.
Ad.: Karimov I. A., Özbekiston XXI asr bösağasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik şartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 55-b. — ziyouz.com