EPIFITOTIYA (epi... va yun. — ösimlik) — ösimliklar yuqumli kasalliklarining muayyan bir vaqt davomida katta hudud (xöjalik, tuman, viloyat, mamlakat)larda tarqalişi. Odatda, E. boşoqli ekinlarda zang, qorakuya, ğözada fuzarioz, kartoşkada fitoftoroz, olmada kataraz va boşqalar köplab yuqumli kasalliklar körinişida namoyon böladi. Kasallikning tarqaliş tezligi (ma'lum maydonda kasallangan ösimlik soni), keçiş sur'ati (bitta ösimlik yoki organdagi zararlangan joylar soni), yöqotilgan hosil, kasallangan maydon hajmi, kasallikning davom etiş muddatiga qarab E. miqyosini baholaş mumkin. Kasallik bir neça mamlakat yoki butun qit'alarda yoyilgan bölsa panfitotiya, ma'lum r-nlarda öqtinöqtin paydo bölsa enfitotiya deyiladi. Enfitotiya E.ga va, aksinça, E.dan enfitotiyaga aylanişi yoki kasallik qözğatuvçiga noqulay şaroit bölganda kasallik juda kam kuzatilişi mumkin. Bu ösimliklarning zamburuğli kasalliklariga xos bölib, yuqum manbai tuproqda saqlanadi yoki uruğlik bilan tarqaladi. Kasallikning har yilgi rivojlanişi tabiiy şaroit yoki agrotexnika omillariga ham boğliq.
Özbekistonda qözğatuvçilari bundan 20—25 yil avval qayd etilgan ayrim ösimlik kasalliklari keyingi 8—10 yil içida E. sifatida ba'zi hududlarda kuzatilmoqda (ildiz çirişi va qora ildiz çirişi va boşqalar). Ularning paydo bölişiga qulay obhavo şaroiti, maxsus çoralarni qöllaş susayganligi, tuproqning oriqlaşi, agrotexnik usullarni notöğri qöllaş, jumladan, mineral öğitlardan notöğri foydalaniş sabab böldi. Şuningdek, maydonlarga biotipik tarkibi bir xil ekinlarni muttasil ekiş natijasida kasallik qözğatuvçisining tez moslaşuvi va köpayişi, ekinlarda kasallikka çidamlilik xususiyatining özgarişi va boşqalar ham E.ga sabab böladigan omillardan hisoblanadi.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 167–168-b. — ziyouz.com