FATSIYA (lot. facies — köriniş, qiyofa) (geologiyada) — çökindi toğ jinslari majmuasi, hosil böliş şaroitlarini tavsiflovçi muayyan litologik va minerologik xususiyatlarga ega. Paydo böliş şaroitlariga köra dengiz, quruqdik va oraliq F.lariga bölinadi. F.ning yirik bir xil tipli majmualari kesimda formatsiyalarga birlaşadi. «F.» terminini fanga 19-a.da şveysariyalik geolog A. Gresli kiritgan. U fatsial özgarişlarning kelib çiqişini toğ jinslarining hosil böliş şaroitlaridagi farqi b-n boğladi va ularni hoz. zamon dengiz tubida kuzatilişi mumkin bölgan özgarişlar b-n taqqosladi, ularni guruhlab, töplaniş şaroitiga qarab litoral va pelagial F.lar deb atadi. Fin geologi P. Eskola esa metamorfik jinslarga tatbiqan «metamorfizm F.si» tuşunçasini kiritdi. 1933 y. L. V. Pustovalov jinslar hosil böliş jarayonida paydo bölgan bir xil geokimyoviy belgilarga ega qatlam va qatlam svitasini ifodalaydigan «qazilma geokimyoviy F.» tuşunçasini tatbiq etdi. «Geokimyoviy F.» termini neft hosil bölişida asos bölgan organik moddaning töplanişida muhim ahamiyatga ega çökindi hosil böliş va diagenez muhitining geokimyoviy xossalarini körsatadi. Şuning uçun bu termin neftçi geologlar orasida keng qöllaniladi. Amerikalik geologlar (F.Pettijon, L. Sloos, U. Krumbeyn) «litologik F.lar» (yoki litofatsiyalar) tuşunçasini kiritdilar; bu tuşunça muayyan joydagi stratigrafik gorizont jinslarining litologik tarkibini bildiradi (mas, qum F.si, gil F.si); jinslarning mineralogik tarkibi, strukturasi yoki teksturasiga köra ajratilişi ham şu tuşunçaga kiradi. «Biologik F.lar» (biofatsiyalar) ham bölib, organizmlar qoldiklariga asoslanib tiklangan qazilma biotsenozlardir (mas, marjonpolip F., graptolit F. va b.). F.larni tarixiy geologmyaning bölimi — F.lar haqidagi ta'limotda örganiladi. Yer tarixining qad. davrlari uçun bu şaroitlarni rekonstruksiya qiliş usullari esa, fatsial analiz deyiladi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 82–83-b. — ziyouz.com