FINIKIYA — Örta dengizning şarqiy sohilidagi qad. viloyat. Rivoyatlarga köra, F.ning aholisi Eritreya dengizi sohillaridan kelgan; ayrim finikiyalik tarixçilarning fikriça, finikiyaliklar F.ning tub aholisidir. Mil. av. 5—4 ming yillikda F. özining qulay geografik joylaşuviga köra, Mesopotamiya va Nil vodiysi aholisi b-n faol savdo-sotiq olib borgan. Mil. av. 2ming yillik boşlarida quldorlik şahardavlatlari: Ugarit (RasŞamra), Sidon (Sayda), Beruta (Bayrut), Arvad(Arad), Tir (Sur) va b. vujudga kelib, ular mil. av. 12-a.gaça Misr fir'avnlari qöl ostida bölgan. Mil. av. 13- a. oxiri — 12-a.ning boşida F. nihoyat Misr mustamlakasidan xalos bölgan. Mil. av. 1ming yillikda F. Örta dengiz sohil böyining Markaziy va Ğarbiy qismini egallab, bu yerlarga kuplab finikiyalik savdogarlar va qaroqçilar kelişi avj olgan. Tasos o.da temir rudasi konlari oçilgan, Melkart xudosi ibodatxonasi va kiçik qişloq bunyod etilgan. Atlantika okeaniga tutaşgan Şim. Afrika soxillarida, Like, Ispaniyaning jan. kismida, Gades, Malaka, Seksi, Abdera, Sitsiliyada Motiya, Panorm va Sardiyada Nora ş.lari qad. kötargan.
F.da hunarmandçilik, savdo-sotiq, kemasozlik juda taraqqiy qilgan; dengiz yöllaridan keng foydalanilgan. Şaharlar örtasida hukmronlik uçun kuraşlar natijasida kuçeizlangan F. mil. av. 8—7-a.larda Ossuriyaga, mil. av. 6-a.da Bobilga, mil. av. 539 y.dan 332 y.gaça axomaniylar davlatiga böysungan. F. mil. av. 332 y.dan makedoniyalik Aleksandr davlati, mil. av. 3-a. örtalaridan Salavkiylar davlati qöl ostida bölgan. Şu vaqtdan boşlab F.da ellinlaştiriş jarayoni kuçaygan. Örta dengiz böyidagi Delos, Afina va b. şaharlarda finikiyalik savdogarlarning faktoriyalari va uyuşmalari paydo bölgan. Mil. av. 2— 1-a.larda Kiprda YunonFinikiya podşoligi vujudga kelgan. Mil. av. 63 y.dan boşlab F. Rimning Suriya provinsiyasi tarkibiga kirgan. Astasekin finikiyaliklar Suriyaning boşqa aholisi tarkibiga singib ketgan.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 154-b. — ziyouz.com