FIRMA (ital. fi rma — imzo) — korxona, kompaniya, xöjalik va tijorat taşkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk şakllari, huquqiy holati va b.ga köra xilma-xil F.lar bor. F.larda band bölgan xodimlar soni 2—3 kişidan 20—30 ming kişigaça bölişi mumkin. F.lar barça mulk turlari negizida davlat, kooperativ, şirkat, jamoa taşkilotlari va maxalliy davlat idoralari, milliy va çet ellik yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan taşkil etiladi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qöşilgan) F. — filial, şö'ba korxona şaklida yirikroq turdoş boş korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker F. — tijorat maqsadlarini közlaydigan va mijoz topşiriğiga köra va uning hisobidan vositaçi sifatida faoliyat yuritadi; vençur F. — kiçik yoki örta investitsion F. hisoblanib, i.t.lar va muhandislik işlanmalarini amalga oşiradi; investitsion F. — investitsiyalaş va qimmatli qoğozlar b-n boğliq operatsiyalarni ötkazadi; injiniring F. muhandislikmaslahat körsatişga ixtisoslaşadi; innovatsion F. — F.ning i.t. işlari natijalari bazasida yangi texnologiyalarni yaratiş uçun barpo etiladi; konsalting F. — uning faoliyat sohasini maslahat xizmatlari körsatiş taşkil etadi; i. ç. F.si — aniq bir mahsulotni tayyorlaş b-n şugullanadi; savdo F.si — savdovositaçilik faoliyati b-n şuğullanadi; rieltor F. — köçmas mulk sohasidagi amallarda qatnaşadi.
Hoz. iqtisodiy hayotda F.larning asosiy qismi nisbatan kiçik va mayda. Yirik F.lar nisbatan mustahkam i.ç., texnologik va xom aşyo bazasiga ega bölib, xalqaro mehnat taqsimotida faol iştirok etadi, örtaça F.lar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslaşgan qismlar va detallar i.ç. sohasida, şuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat körsatadi. Mayda F.lar, asosan, tovarlar i.ç. va aholiga xizmat körsatiş b-n şugullanadi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 162-b. — ziyouz.com