FIZIOKRATLAR (frans. physiocrates; lot. physis — tabiat va kratos — hokimiyat) — 18-a.ning 2yarmida Fransiyada paydo bölgan iqtisodiy tafakkur maktabi. Merkantş1izmga qarşi qaraşlar sifatida yuzaga kelgan. Asosçisi F.Kene. Uning öquvçilari V.R.Mirabo (1715 — 89), P.S.Dyupon de Nemur (17391817), A.R.Tyurgo (172781) va boşqalar F.ning asosiy vakillari hisoblanadi. F. boylikning manbai savdo emas, balki tabiat b-n boğliq bölgan mehnat, i.ç. (asosan, q.x. soqasida) va millatning haqiqiy farovonligi yer b-n boğliq degan qaraşlarni tarğib etganlar. F.V.Petti kabi siyosiy iqtisodda tabiiy fanlar uslubiga amal qilganlar. F. jamiyatga «tabiiy» jarayon sifatida qaraşgan va uning rivoji «tabiiy tartib» qonunlari asosida röy beradi, deb izohlaşgan. F. qaraşlarida iqtisodiy kategoriyalarning obyektivligi tan olinadi, paydo bölayotgan va tobora mustahkamlanayotgan daxlsiz xususiy mulk, iqtisodiyotnint erkin raqobat asosida rivojlanişi, bozor narxlarining erkin özgarişi, iqtisodiyotga davlat aralaşuvini inkor etadigan jarayonlar, boylikning adolatli taqsimlanişi qöllabquvvatlanadi. F.ning iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» töğrisidagi ta'limot markaziy örinni egallaydi va u i.ç. çiqimlari qoplangandan keyin qoladigan mahsulot yoki daromaddir. «Sof mahsulot» (yer rentasi) faqat q.x.Da yaratiladi, uni yaratuvçi mehnat unumli, ya'ni qöşimça qiymatni yaratadi. Öşa davrdagi jamiyatni F. 3 sinfga böladilar: «sof mahsulot» yaratuvçi, işlab çiqaruvçi («unumli») sinf — fermerlar; mulkdorlar (albatta yer mulkdorlari) va sof mahsulot yaratmaydigan «unumsiz» sinf — hunarmandlar, işçilar va b. şahar axolisi (dehqonçilikdan boşqa soha vakillari, sanoatçilar deb ham ataladi). F.ning muhim xizmatlaridan biri şuki, ular birinçilardan bölib kapital tahlilini boşlab berdilar, kapitalni «avans» (bönak) deb nomlab, uni «yillik avans» (aylanma kapital) va «dastlabki avans» (asosiy kapital) kabi tarkibiy qismlarga ajratdilar. F.da pul kapitali tuşunçasi bölmagan, pul birorta avans turiga kiritilmagan. F. ta'kidlaşiça, pul öz holiça «unumsiz» bölib, pulning faqat bir funksiyasi — muomala vositasigina tan olinadi. F., xususan, F. Kene «Iqtisodiy jadval» («Iqtisodiy manzara») asarida fanda birinçi bölib takror i.ç.ning iqtisodiy nazariyasini yaratişga harakat qildi va uni jadval va çizmalar şaklida ifodaladi. F. iqtisodiy siyosat sohasida savdo erkinligini (birinçi navbatda q.x. maxsulotlari savdosida), davlatning iqtisodiyotga faol aralaşmasligini, öşa davrda mavjud bölgan köpdan köp soliklar örniga yagona yer soliği joriy etilişini yoklaganlar. F. ğoyalari iqtisodiy tafakkur tarixida bölajak iqtisodiy modellarning muhim kurtagi bölib qoldi (yana q. Klassik siyosiy ştisod maktablari).
Ad.: Kene F., Izbr. ekonomiçeskiye proizvedeniya (per. s frans.), M., 1960; Razzoqo v A. va b., Iqtisodiy ta'limotlar tarixi, T., 2002.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 129-b. — ziyouz.com