FLYUORIT (lot. fl uor — oqim), plavik şpati — ftoridlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi SaĞ2; , ba'zan Sa, oz mikdorda Y ( i t troflyuorit), noyob yer elementlari (TR), Sr, Mn, Na, U b-n almaşadi. F. kub singoniyada kristallanib, F.li struktura hosil qiladi. Kristallari kub va oktaedr şaklida, agregatlari yaxlit, yirik kristalli, donador, tuproqsimon (ratovkit). Rangsiz, puşti, yaşil, sariq, havo rang, gunafşa rang xillari bor. F. qizdirilganda rangi yöqoladi va rentgen nurlari ta'sirida yana böyalib qoladi. Şişadek yaltiraydi, mört. Qattikligi 4; ziçligi 3,1 — 3,2 g/sm3, ittiroflyuoritniki 3,3 g/ sm3 gaça; eriş trasi 1360°. F. har xil şaroitda keng tarqalgan magmatik aksessor mineral bölib, pegmatit, greyzen, skarn, ikkilamçi kvarsitlar va çökindi jinslarda hosil böladi. Uning asosiy qismi gidrotermal jarayonda böşliklar va tomirlarni töldirgan holda metall rudasi hisoblangan minerallarga yöldoş sifatida uçraydi. Genetik mineralogiyaning muhim tipomorf minerali. F. metallurgiyada flyus sifatida işlatiladi; kimyo sanoatida undan plavik kislota, kriolit olinadi; keramikada emal, glazur (sir) tayyorlanadi. F. sintetik kristallarni östiriş uçun xom aşyo hisoblanadi. Tiniq, şaffof, rangsiz yoki nim rang kristallaridan linza, obyektiv, teleskoplar, vakuum va rentgen spektrograflari uçun prizmalar tayyorlanadi. TR va U b-n faollaştirilgan F. lazer materialidir. Konlari RF (Primorye ölkasi, Baykalorti), Qozoğiston, AQŞ, Meksika, Fransiyada mavjud. F. konlari Özbekistonda ÇatqrlQurama regionida joylaşgan: AgataÇibargata, Navgiskon, Obirahmat, Kengutan, Qizilbaur va Navgarzonda qazib olingan; Suppatoş va Şabrez özlaştirişga tayyorlangan.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 186-b. — ziyouz.com