FRESKA (ital. fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratiş usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa şaffof kalsiy karbonat qatlami hosil qiluvçi suvli yoki ohak suvi qöşilgan böyoklarda işlanadi. Bunda böyoqlar mustahkamlanib, F.ning uzoq saqlanişini ta'minlaydi. Şu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham F. deb ataladi. Me'morlik b-n boğliq holda monumental kompozitsiyalar yaratiş imkonini beruvçi F. devoriy rassomlikning asosiy usullaridan. F. uçun suvoq asos bir neça qatlam — 1 kiyem söndirilgan ohak va 2 qism mineral töldiruvçilar (qum, ohak, ğişt yoki sopol kukunlari) dan iborat böladi, ba'zan suvoqni yorilişdan saklaydigan organik moddalar (somon, pökak, kanop va h.k.) qöşiladi. Odatda, ohak b-n kimyoviy reaksiyaga kirişmaydigan böyoklar işlatiladi. F. rang tuslarining barça imkoniyatlarini yuzaga çiqaradi, faqat bunda böyoqlar quriganda öta oqarişini nazarda tutiş kerak. Ösimlik böyoklar quruq suvoqqa yelim yordamida yotqiziladi. F.da lessirovka muhim rol öynaydi, biroq köp böyoq qatlamida rang xiralaşadi va oqaradi. F.dan taşqari quruq suvoqqa işlanadigan rangtasvir usuli (a sekko) ham qadimdan ma'lum bölgan.
F. mil. av. 2ming yilliqdan ma'lum: egey san'atida tarqalgan, antik badiiy madaniyatda yuksak darajada rivojlangan. Milodning dastlabki asrlarida F.ga yaqin bölgan böyama devoriy rasmlar Şarq (Hindiston, Örta Osiyo va b.) xalqlarida yaratila boşlandi. Antik davr ustalari F.ni, odatda, tempera yordamida tugatganlar; bu usul Örta asrlar F.si (Vizantiya, Qad. Rus, Italiya va b.)ga ham xos bölgan. Uyğoniş davrida italiyalik rassomlar (Jotto, Mazaçço, Rafael, Mikelanjelo va b.) ijodida F. yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarildi, 16-a.dan tempera qöllanilmagan «sof» F. tarqaldi. 20-a.ning ilğor rassomlari (Italiyada A. Borgonsoni, Meksikada D. Rivera, Rossiyada V.A. Favorskiy va b.) F.da ijod qildi, F. palitrasi köpgina yangi sintetik böyoklar b-n boyidi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 284–285-b. — ziyouz.com