GALLYUTSINATSIYA (lot. haUucinatio -xom xayol, bema'ni, xato) — yöq narsa va hodisalarni bordek idrok etiş. Idrok etilgan yöq obrazlar taşki tasvirga ega bölib, ular borliqda real narsalar kabi örin oladi va şu tufayli bemor bularning rostligiga işonadi, aslida yöq narsalarni körayotgan, eşitayotgandek böladi. Ruhiy va infeksion zararlanişlar, boş miya şikastlari, alkogolizm b-n boğliq psixozlarda, giyohvandlikning ba'zi xili, ruhiy iztirob va h.k. oqibatida yuzaga keladi. G.ni birinçi bölib fransuz psixiatri J. Eskirol ta'riflab bergan (1817). G.lar boş miya barça faoliyatining buzilişi b-n boğliq bölib, u faqat idrok etiş va tasavvur qilişning buzilişigina bölmay, balki bemorning atrof muhitga bölgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham özgarişidir. G.ning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyutsinator obrazlarning tasviri hamda paydo böliş şaroitiga qarab bir neça xilga ajratiladi. G.ning oddiy xili, ya'ni elementar G.ga fotopsiyalar (köz oldida uçqun, tutun yoki tuman körinişi) hamda akazmlar (quloqqa şovqin, qarsillagan tovuş eşitilişi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. G.ning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning köz öngida unga taşlanayotgan hayvon yoki qon körinişi mumkin) ega böladi. Tabiatiga köra (sezgi a'zolari yoki analizatorlar böyiça) köriş, eşitiş, hid biliş, ta'm biliş, taktil va umumiy sezgi, şuningdek vestibulyator va motor G.lar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning özida bir neçta G. kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yöq) taniş yoki notaniş kişilarni köri-şi, gaplarini eşitişi; gullarni körib ularni uşlaşi yoki hidlab körişi mumkii. G.dan imperativ mazmundagi eşitiş G.i xavfli, bunda ğoyibdan kelgan tovuş bemorga biror iş (özini öldiriş, ovqat yemaslik, uyni yoqiş, atrofidagilarga tajovuz qiliş) buyuradi. Asli yöq tovuşga bemor itoat qilib ba'zan jinoyatga qöl urişi, öz-öziga yoki özgalar joniga qasd qilişi mumkin. G. paydo böliş vaqti va şaroitiga köra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uyğoniş vaqtida), klinik keçişiga qarab esa çin va soxta xillarga ajratiladi. G.ni imyuzşşan farqlamoq kerak. G. köpgina ruhiy kasalliklarning öziga xos belgilaridan hisoblanadi. Mirqobil Xalçlov.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 60–61-b. — ziyouz.com