GNOSTITSIZM (yun. gnostikos — bi-luvçi) — 1—3-a.larda Rim imperiyasida tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Uning tarafdorlari öz diniy e'tikrdlarining asl mohiyatini «bilib olişga» intilişgan. G. iudaizm diniy tafakkuridan taşqari Bobil, Misr va b. Şarq mamlakatlaridagi diniy-mifologik tasavvurlar b-n ham çatişib ketgan. Bunga stoiklar (q. Stoitsizm), neoplatonizm va neopifagoreizm vakillarining falsafiy ğoyalari ham qöşilgan. Gnostiklar xristianlik aqidalarini Şarq mamlakatlaridagi diniy-falsafiy bilimlar b-n boğlaşga intilgan. Asosiy vakillari — misrlik Valentin (2-a.), suriyalik Vasilid (2-a.). G. olamni dualistik (q. Dualizm) nuqtai nazardan tuşuntiradi. Uning manbai zarduştiylik falsafasidagi yoruğlik va zulmat, yaxşilik va yomonlik örtasidagi kuraşni ifodalovçi dunyoqaraşga borib taqaladi. Gnostiklar fikriça, yaxşilik va yoruğlik xudoning ne'mati, yomonlik va zulmat esa materiyadan kelib çiqadi. G. tarafdorlari xristianlik aqidalaridan çetlanadilar. Ularning fikriça, agar xudo yaxşi va adolatli bölsa, nega olamda yovuzlikning, adolatsizlikning paydo bölişiga yöl qöyadi? Xristianlikda bu muammo olamning yaratuvçisi va yaratuvçining bu olamga gunohni joylaştirganligi haqidagi tasavvur orqali hal etiladi. Bu olamdagi gunohdan faqatgina Isoga e'tiqod yöli b-ngina saqianiş mumkin deyiladi. Gnostiklar Isoni tan olsalarda, u haqidagi Bibliya rivoyatlarini rad etadilar. Gnostiklar ta'kidlaşiça, gunohkorligi uçun inson aybdor emas, çunki har bir individning joni yaxşilik va yomonlik, adolat va zulm örtasidagi kuraş maydonidir. Inson bu kuraşni kuzatib turadi va şu asosda olamning mohiyatini anglaydi, unga tuşunib yetadi. Xudoning Iso timsolida insonga aylanişi va insonga qöşilişi xristianlikning buyuk sirlaridan biridir. Bu ta'limot böyiça xudo va b. ğayritabiiy ilohiy kuçlar b-n qöşilib ketiş (ya'ni xudo b-n ekstatik qöşiliş) va ularni anglaş soğlom aql va mantiqdan taşqari, tuşuntirib bölmas tarzda va ongsiz sodir böladi, uni ratsional yöl b-n emas, balki irratsional, ğayritabiiy yöl b-n anglaş mumkin. Xudoni bilişning bunday murakkab va çigal uslubi xristian aqidalarining asoslariga xavf sola boşladi, Bibliya matnlarini allegorik tarzda kufrona talqin etişga yöl oçdi. Bunday holat 2-a. oxiriga kelib rasmiy çerkovning G.ga qarşi kuraş olib borişiga sabab böldi. Baxtiyor Törayev.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 371–372-b. — ziyouz.com