GOBELEN (rus.) — qölda tasvir hosil qilib töqilgan gilam (şpaler), badiiy buyum. Parij manufakturasi (1662)ning mahsulotlari dastlab şunday atalgan (15-a.ning maşhur böyoqçilari Gobelenlar nomidan). G. rangli jun va ipak (ba'zan tilla va kumuş) iplar b-n rassomlar (manufaktura boşqaruvçisi rassom Ş. Lebren, 18-a.da F. Buşe, J. B. Udri va b.) kartondan buyumning tabiiy kattaligida bajargan tasvirlari asosida töqilgan. Mac, Rafael Vatikan uçun havoriy (apostol)lar hayotiga oid şpalerlar turkumi kartonlarini çizib bergan, töquvçi ustalar şu kartondan foydalanib G. töqiganlar. Alohida-alohida töqilgan bölaklar bir-biriga tikilib yaxlit tasvir hosil qilingan. G.ning uziga xos xususiyati öngining çiviqli yuzasi va orqa tomonining notekisligidir. 17— 18-a.lar G.lari yuksak badiiyligi (tarixiy, afsonaviy, diniy va adabiy mazmuni) b-n maşhur bölgan, şu tufayli boşqa manufakturalarda taqlidan yaratilgan şpalerlar ham G. deb atala boşlangan. 19-a.dan patsiz, patli, gilamsimon töqima matolar, hatto tasvir işlangan kigizlar ham G. deb atala boşlandi. Hozir qölda va maşinalarda tabiiy va sun'iy tolalardan töqilgan patsiz, patli mebel matolari, turli bezak matolar ham G. deb ataladi. Özbekistonda G. 1960-y.lardan töqila boşlandi. 1970—80 y.larda keng tarqaldi. M. Çurlu, Ya. va A. Ishoqovlar, L. Taldikina kabi ustalar samarali mehnat qildilar. G.ning asosiy markazlari Toşkent va Farğona ş.laridir. Farğona (V. Useinova, L. Semizarova, S. Şixova va b.) va Toşkent (M. Tyurina, R. Ibrohimova va b.) ustalari bu sohada barakali ijod qilmoqda. Özbekiston G.larida Şarq bezaklari, tabiat manzaralari, mahalliy tasvir, rang-baranglik ustun turadi. Yana q. Gilamçilik.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 374-b. — ziyouz.com