GOTIKA (ital. gotico — german qabilalaridan gotlar nomidan), gotika uslubi — Ğarbiy, Markaziy va qisman Şarqiy Yevropa mamlakatlarida örta asrlar san'atida hukm surgan badiiy uslub. «G.» termini Uyğoniş davrida qöllanila boşlagan. 12-a.da roman uslubi örniga yuzaga kelgan. G.da yetakçi örinni me'morlik egalladi, unda me'morlik, haykaltaroşlik va rangtasvir (asosan vitraj)ning uyğunligi buyuk namunasi bölgan ibodatxona alohida örin tutadi. Ibodatxona qurişning yangi loyiha tizimi işlab çiqildi: boş tarzi uçli ravoqli va gumbazlari qovurğali (nervyur), oğirligi arkbutanlar orqali taşqi devor va tayanç ustunlar (kontrfors)ga ötkazilgan sinçli tuzilma. Gumbaz töşamalari yengil qalamalar b-n töldirilgan, ustun oralaridagi yirik oynalar vitrajlar b-n bezatilgan, ğarbiy tarzida minoralar (bal. 150 m gaça) qurilgan. Bu yangi loyiha neflar kengligi va bino balandligini birmunça oşirgan. Şuning hisobiga inşoot yengil, mujassamotiga köra kökka çözilgan. Içi va taşqarisi haykallar va nafis toş öymakori bezaklar b-n bezatilgan. Mujassamotida panjarali baland minoralar muhim örin tutgan. G. me'morligiga uçli vimperglar, deraza va peştoqlar, doira şaklidagi oynalar, bezak qism (fial)lar va ş.k. me'moriy şakllar xos. G. 12-a. örtalarida Şim. Fransiyada yuzaga keldi. 13-a. 1-yarmida yuksak darajada rivojlandi. Şu yerda G.ning toş ibodatxonalari özining mumtoz şakliga ega böldi. Bibi Maryam ibodatxonasi (Notrdam, 1163—1257), Şartr (1194-1260), Reyms (1211-1311), Amyen (1220—88) va b.dagi ibodatxonalar G.ning yuksak namunasidir. Niderlandiya, Şim. Germaniya, Skandinaviya, Ispaniya, Italiya, Polşa, Çexiya, Latviya, Estoniya va b. joylarda ham G. mahalliy an'analar ta'sirida rivojlandi. G.ning ilğor usullari Uyğoniş davri va barokko me'morligiga ijobiy ta'sir körsatdi. G. tasviriy san'ati diniy va dunyoviy dunyoqaraşlardagi uyğunlikni saqlagan holda rivojlandi, ayni vaqtda voqelikni uning hodisalari b-n birga aks ettirişga intildi. Ibodatxonalar bezagida haykal va relyeflar (mas. Reyms ibodatxonasida 2300 dan ortiq haykal), vitrajlar (Sen-Deni, Şartr va b.da) keng qöllanilgan, tasviriy san'at asarlari me'moriy mujassamotga böysundirilgan. Diniy mavzudagi asarlar b-n bir qatorda maişiy lavhalar, mehnat jarayoni aks etgan, ba'zan hajviy lavhalar ham uçraydi (Parij, Amyen, Strasburg va b. joylardagi ibodatxonalar). Amaliy bezak san'ati yuksak darajada rivojlandi: toş va fil suyagi öymakorligi, metall buyumlar, emal va ş.k. Rangtasvirda nisbatan kitob miniatyurasi keng taraqqiy etdi, unda tarixiy va maişiy lavhalar haqqoniy aks ettirildi. Özbekistan hududida 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida G. uslub-belgilari me'morlikda paydo böldi (mas, Toşkent ş.dagi Kirxa binosi). Ne'mat Abdullayev.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 409–410-b. — ziyouz.com