ĞOVAKLIK, toğ jinslarining ğovakligi — toğ jinslari içidagi böşliq (ğovaklar, yoriq)lar yiğindisi. Ularga suyuqtik va gazlar joylaşadi. Şakliga köra ğovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, şoxsimon böladi. Ğ.ning umumiy, oçiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy Ğ. toğ jinslari içidagi hamma ğovaklar yiğindisidir. O ç i q. Ğ. — özaro tutaşgan ğovaklar hajmi. Yopiq Ğ. — özaro tutaş bölmagan, yopiq ğovaklar yiğindisidir. Neft geol.sida foydali va dinamik Ğ. farq qilinadi. Foydali Ğ. — suyuqlik sizilayotgan ğovaklar yiğindisi. D i -n a m i k Ğ. muayyan bosim va t-rada töyintiradigan suyuqlik yoki gazlar ötadigan Ğ.lar hajmi, har doim umumiy Ğ.dan kiçik böladi. Ğ. ölçami toğ jinslarining moddiy tarkibi bilan uzviy boğlangan bölib, balçiq. sof tuproqlarda 80% gaça; ç\;kindi toğ jinslari (ohaktoş, dolomit, qumtoşlar)da 1% dan 35% gaça; vul-kanogen-çökindi toğ jinslari (tuf-qumtoşlar, tuffitlar)da 5—20% çamasi, magmatik toğ jinslarida 5% dan köp emas. Çuqurlik ortgan sari toğ jinslari (ayniqsa. çökindi toğ jinslari) Ğ.ligi, odatda, kamaya boradi va katta çuqurliklarda kam ahamiyatga ega. Ğ. toğ jinslarining fizik xususiyatlari: mustahkamlik, siqiliş imkoniya-ti, elektrik va b. para-metrlarini aniqlaydi. Paydo bölişiga köra birlamçi va ikkilamçi Ğ. farqlanadi. Birlamçi Ğ. çökindilarning töplaniş şaroitiga boğliq, çökindi jinslarning hosil böliş jarayonida yuzaga keladi va asta-sekin kamayib boradi. Ikkilamçi Ğ. epigenetik jarayonlar ta'sirida jinslardan minerallarni eritib yoki zarra holida olib çiqilişidan paydo bölgan böşliqlar bilan boğliq. Karbonat jinslarning erişidan ikkilamçi Ğ. tarkib topadi, mas, karst hosil bölişi mumkin. Toğ jinsi ğovakliligi laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan, qatlamlarning gidrodina-mik tadqiqotlaridan va kon geofi-zikasi usullaridan foydalanib aniqlanadi.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 34–35-b. — ziyouz.com