GRIM (frans. grime, ital. grumo — ajinli) — 1) aktyorlik san'atida qiyofa (asosan yuz)ni ijro etiladigan rolga moslab (maxsus böyoq b-n böyab, sun'iy soç-soqol yopiştirib, soçni rolga moslab taraş va ş.k.) özgartiriş san'ati. Obraz yaratişda muhim vositalardan biri. Pyesa yoki ssenariyning badiiy xususiyatlari, bezaklari, qahramonning fe'l-atvori, aktyor va rej.ning ijodiy maqsadiga qarab qar xil böladi. Teatr da G. tarixi qad. xalq sayillari va öyinlariga borib taqaladi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya va b. Şarq, mamlakatlarida ham G.dan foydalanilgan. Aktyor yuziga çizilgan rasmlar köriniş jihatidan niqobga yaqin bölib, ba'zan uning örnini bosgan. Lekin G. niqobga nisbatan xarakterliroq bölgani sababli aktyorlar faqat G.dan foydalanganlar. 18 — 19-a.larda köpgina rus aktyorlari G.ga obraz yaratişda milliy va tarixiy xarakteristika vositasi deb qaraşgan. K. Stanislavskiy ham G.ni qahramon psixologiyasini oçişga yordam beruvçi eng zarur vosita deb bilgan. G. rej. ğoyasini amalga oşirişda eng muhim tarkibiy qismlardan bölgani sababli teatr rej.i va rassomning eng yaqin yordamçisi bölib G.çi-rassom vazifasi yuzaga keldi. Kinoda G. öziga xos xususiyatga ega. G. operator texnikasi talabiga (plyonkaning rang yoki yoruğlikka ta'sirçanligiga qarab) mos bölişi lozim. G. qilişda salgina soxtalik, sun'iylikka yöl qöyilişi filmga nuqson bölib tuşadi. G. qiliş murakkab jarayon bölib, u ssenariyçi, rej. fikri va operator işi b-n boğliq. G.çi-rassom suratga oliş jarayoni va kinotexnika imkoniyatlarini bilişi lozim. Agar aktyorning yuzi katta özgarişlarni talab qilsa, u holda plastik G. yopiştiriladi, yengil, yumşok, rezina qöllaniladi. Plastik G. egiluvçan, elastik bölib, u kişi yuziga juda qulay joylaşadi. Bu uslubni birinçi marta 1930 y.da sankt-peterburglik rassom R. Raugul qöllagan. Rangli filmlarning takomillaşib borişi G.çi-rassomlar oldiga yangi vazifalar qöymoqda, ular G.ni kiyimning öziga xos xususiyatlari b-n uyğunlaştirişga harakat qilib, G.dan foydalaniş usullarini muntazam özgartirib bormoqdalar. Sirkda masxarabozlarning çiqişlarida va xarakterli rollari bor yirik tomoşalarda qöllaniladi. Sirk yuzaga kelgan davrdan boşlab masxarabozlar yuzlariga oq narsalar surib tomoşa körsatişgan. 19-a. oxiri 20-a. boşlarida G. masxarabozlikda muhim omillardan biriga aylandi. Zamonaviy sirkda hayotiy G. köproq qöllanilmoqda. Özbek xalq masxaraboz va qiziqçilari — Yusufjon qiziq Şakarjonov, Aka Buxor, Akrom Yusupov kabilar öz ijodlarida G.dan köp foydalanişgan. 2) G. uçun zarur bölgan böyoq va buyumlar. G. böyoqlari maxsus retsept asosida tayyorlanib, turli xil ranglar b-n aralaştiriladi. Mohina Aşirova.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 448-b. — ziyouz.com