GRUNT, zamin (qurilişda) — yerning asosan nuraş zonasida yotuvçi toğ jinslarining umumlaşma nomi, insonning muhandislik-quriliş faoliyatining obyekti. G.dan bino va turli muhandislik inşootlarining zamini, quriliş materiali (yöl, kötarmalar, töğon), yer osti inşootlarini (tonnel, quvurlar, omborxonalar) joylaştiriş muhiti sifatida foydalaniladi. Yaxlit toşli va ğovak (toş bölmagan) G.ga bölinadi. Yaxlit toşli G.ga monolit yoki seryoriq massiv körinişida yotgan, zarralari kuçli jipslaşgan, otilib çiqqan, metamorfik va çökindi jinslar kiradi. Ğovak G. yirik çaqiq (sementlaşmagan), qumli va gilli jinslardan iborat. G. gruntşunoslik fanida xususiyatlari, genezisiga, keyingi epigenik jarayonlarga boğliq bölgan muayyan tabiiy-tarixiy hosila sifatida, şuningdek, vaqt ötişi b-n özgarib boruvçi köp fazali sistema nuqtai nazaridan örganiladi. G. xususiyatlarini tadqiq qilişda, şuningdek, uning tarkibi, içki tuzilişi va muhitning tabiiy şaroitlari (t-ra, bosim va h.k.) ham örganiladi. Tarkibi, strukturasi va teksturasi G.ning sifatini belgilaydi. G.larning quyidagi muhim xususiyatlarini ajratiş mumkin: fizik (hajmi va soliştirma oğirligi, suv va elektr ötkazuvçanligi, ğovaqligi, egiluvçanligi va b.), fizik-kimyoviy (singdiruvçanligi, tiksotropiya va h. k.) va fizik-mexanik (siljişga qarşiligi, deformatsiyalanişi). G.ning eng muxim xususiyatlari taşqi kuçlar ta'siriga çidamliligi va mustahkamligidir. Muzlagan, muzlaberiydigan G. uçun uning issiqlik-fizik xossalari muhim. G.ning petrografik xususiyatlari lab. va dala şaroitlarida olingan namunalar va butun massivlardan foydalanib örganiladi. Quriliş ketayotgan joylar burğilaş, quduq qaziş, zondlaş va geofizika metodlari yordamida tekşiriladi. G. xususiyatlarini yaxşilaş uçun sementlovçi va biriktiradigan moddalar qöşiladi, mexanik ziçlanadi (şibbalanadi), quritiladi, qizdiriladi, muzlatiladi va h. k.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 465-b. — ziyouz.com