HUDAYÇI, udayçi (arab. — boşqarmoq, yöl körsatmoq) — Urta Osiyoda amir yoki xon saroyidagi mansab. H. 2 darajaga bölingan: «hudayçiyi dasti rost» («öng qöl hudayçi») va «hudayçiyi dasti çap» («çap qöl hudayçi»). Ular oliy hukmdorning öng va çap yonida turib, saroyda ötkaziladigan turli marosim va tantanalarni boşqargan. 1sining haq-huquqlari 2sinikidan bir oz kengroq bölgan. Har ikkisi ham boşqa amaldorlardan farq qiliş uçun qizil hassa (aso) tutgan.
«HUDUD ul-OLAM» («Olam çegaralari»), «Kitobi hudud al-olam minal maşriq ilal mağ-r i b » — tarixiy-geografik asar. noma'lum muallif tomonidan fors tilida 982—83 y.larda Juzjon viloyatida yozilgan bölib, şu viloyat hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bağişlangan. Bu asar öz zamonasida ham, 19-a. oxirigaça ham şu nom bilan heç qaysi manbada qayd etilmagan; 1258 y. qayta köçirilgan. Asar boşqa nom bilan maşhur bölganligi taxmin etiladi. Asar jami 60 bob (maqola)dan iborat bölib, muqad-•dimadan keyin quruqliklarning çegaralari, dengiz va qöltiqlar, orollar, toğlar, konlar, daryolar, çöllar va qumlar, söngra jahondagi viloyatlar ta'rifi berilgan, şuningdek köplab etnografik va iqtisodiy ma'lumotlar keltirilgan. Muallif yerning obod qismini 51 viloyatga bölgan va uning 45 tasi ekvatordan şim.da 1 tasi ekvator ustida, 5 tasi ekvatordan jan. da degan. U qit'alar haqida fikr yuritib yunonlar zamo-nidayoq dunyo 3 qismga: Osiyoi Akbar (Katta Osiyo), Libiya (Afrika) va Urupo (Yevropa)ga bölinganini aytib, har birining çegarasini körsatib bergan. Asarda Örta Osiyo, xususan,
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Özbekistonga doir geografik, etn. ma'lumotlar köplab uçraydi. Xususan, Buxoro, Poykend, Suğd, Tavo-vis, Karmana, Kuşoniya, Samarq-and, Keş, Termiz, Kot, Farğona, Şoş va b. şahar va viloyatlar ta'rifi keltirilgan.
Asarning yagona qöl yozma nusxasini Abdulfozil Gulpoygoniy 1892 y. Buxorodan topgan. 1893 y.dan şarq-şunos A.G.Tumanskiyning şaxsiy kutubxonasida saklanib, 1924 y. Osiyo muzeyi fondiga berilgan. V.V.Bar-told «H.ul-O.» matnini sözboşi va izohlar bilan rus tilida (1930), V.F.Minorskiy ingliz tilida (1937) naşr ettirgan.
Ad.Hasanov H., Sayyoholimlar, T., 1981.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 213–214-b. — ziyouz.com