JUVOZ (fors. — öğir) — moyli ösimliklar uruğidan (maye, çigitdan) moy çiqaradigan dastgoq, moyjuvoz. J. qanday ösimlik uruğidan moy i. ç.iga köra bir neça xil böladi, çunonçi: moy J., şoli oqlanadigani — objuvoz, qoğoz J. Ulov (ot, hökiz) yoki suv kuçi b-n yuritiladi. J. kunda, öq, qayiq, gajak, yoğoç (mömiq), töğin kabi qismlardan iborat böladi. Kunda (uz. 3 m ça, yöğon tomonining diametri 55—60 sm) örik, tut, qayrağoçdan tayyorlanadi. Ingiçka tomoni yerga 2 m ça kömilib, ustki gozasi öğir şaklida öyiladi va yukxona deb ataladi, unga çigit, kunjut, ziğir, turli uruğ (qovun, kungaboqar va b.), ya'ni xom aşyo solinadi. Yukxonaning örtasidan öq uçi singari qilib ğazna öyiladi. Ğazna çuqurçasida öqning aylanişi natijasida xom aşyodan sizib tuşgan yoğ töplanadi. Öqni aylantiriş uçun uning uçiga gajak (uz. 1,2 m ça yoğoç) biriktiriladi. Gajakning pastki uçi qayiq (uz. 1 m ça, yöğon yuzasining bir tomoni öyib içiga toş tölatilgan, ikki yonidagi teşiklariga kundani örab ötgan töğinning uçlari qoqilgan qurilma) örtasidagi yoğoç (mömiq)ga boğlanadi. J.ga qöşilgan ulov yurganida qayiqni oldinga suradi, qayiq esa gajakni, gajak öz navbatida öqni aylantiradi, öq xom aşyoni ezib, tarkibidagi moyni ğaznaga haydaydi. Ğazna moyga tölgaç, juvozkaş J.ni töxtatib, moyni oladi. Moy beruvçi ösimlik uruğlaridan juvozlarda olinadigan moy J. moyi deb ataladi (asosan ziğir uruğidan tayyorlangani uçun ziğir yoği deb ham yuritiladi). J. moyi kunjut, kungaboqar, qovun uruği, çigit va yonğoq mağizidan aralaştirib tayyorlanganda şifobaxş ne'matga aylanadi. Qoğoz J.da eski uvada, yoğoç kukuni va b. ezib, un qilingan, söng qaynatib, undan qoğoz quyilgan.
J. haydaydigan kişi juvozkaş, uning maşğuloti, kasbi juvozkaşlik deyiladi. Juvozkaşlik qadim zamonlardayoq paydo bölgan Örta Osiyo, xususan Özbekiston qişloqlaridagi yirik dehqon xöjaliklari moy işlab sotiş uçun, ba'zan mayda dehqon xöjaliklari esa öz ehtiyoji uçun şaxsiy juvozxonaga ega bölganlar. Yoğ va qoğoz sanoatining rivojlanişi tufayli juvozkaşlik kasbi ança susaydi. Hozir ham J. uçrab turadi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 201-b. — ziyouz.com