KALIF-ŞEROBOD QATOR TEPALARI — Hisor (Köhitangtov) tizma toğlarining jan.-şarqiy etaklari va Surxondaryo viloyatidagi qator tepalar. K.-Ş. q.t. janubi-ğarbdan şim.-şarqqa tomon çözilgan. 2 qismdan iborat: Kalif qismi Amudaryodan boşlanib Turkmaniston b-n Özbekiston çegarasigaça davom etadi. Şerobod qismi esa çegaradan Şerobod daryosigaça çözilgan. Kalif qismi uz. 26 km, eng baland joyi 839 m. U 2 qismdan: şim.-ğarbiy (Katta-Çağal, 839 m; Kiyan-Çağal, 519 m; Korajadoğ, 446 m) va jan.-şarqiy qismi (Rangibalan, 705 m va Kulapaşar, 446 m)dan iborat. Ularning orasi pastqamlik. Eng keng joyi 12 km. Şerobod qismi nisbatan ensizroq (8—10 km), uz. 50 km, ikki qator tepa — gryada bölib, şim.-ğarbiy qismi Oqtov (985 m), Qoraçağil (1116 m), jan.-şarqiy qismi esa Oqtov (850 m), Daragitov (860 m) va Xöjaibeş (1100 m) dan iborat. K.-Ş. q.t. kuçli parçalangan. Jan.- şarqiy yon bağirlari nisbatan yotiqroq va qiya tekislikka aylanib asta-sekin Şerobod çöliga tutaşadi. Şim.-ğarbda esa Poşxurd botiği va Qöhitangtov toğ oldi past-baland qirlari va past toğlari b-n tutaşadi. K.-Ş. q.t.ning suvayirğiçlari paleogenning nuraşga çidamli qumtoşlaridan tuzilganligi tufayli şakli keskin ifodalangan va quyida yotgan jinslarni nuraşdan saqlaydi. Antiklinallarning öq qismi bör (gil, qumtoş, alevrolit va mergel), yon bağirlari esa paleogen va neogen davrlari (qumtoş, ohaktoş) jinslaridan taşkil topgan. Qator tepalar uçun kuesta relyef şakli xos. Doimiy oqar daryolar yöq. Muzrabot, Talxab darasidan oqib ötuvçi soylar bahorda sersuv. Tuproklari oddiy böz tuproq, Şerobod tepalari töq böz tuproq. Yotqiziqlar tarkibida gips va tuz mavjud bölganligi tufayli tuproqlar, grunt hamda quduq suvlari ham şör. Qönğirboş, rang, şuvoq, biyurğun, şöra, gulxayri, oqquray va b. ösimliklar ösadi. Asosan, çorvaçilik, ayrim joylarda lalmi dehqonçilik b-n şuğullaniladi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga örtaça 1—3 s.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 55–56-b. — ziyouz.com