KALUGA VILOYATI - RFdagi viloyat. 1944 y. 5 iyulda taşkil etilgan. Mayd. 29,9 ming km2. Aholisi 1081,2 ming kişi (2000), asosan, ruslar. Şaharliklar 70,3%, 24 tumanga bölingan, 18 şahar, 14 şaharça bor. Markazi — Kaluga ş. K.v. yer yuzasi bir oz past-baland tekislik bölib, daryo vodiylari, jarlar öyib yuborgan. Iqlimi yozda mö'tadil issiq va sernam, qişda mö'tadil sovuq. Yanv. ning örtaça t-rasi — 9 dan — 10°gaça, iyulniki 17—18°. Yiliga kariyb 650 mm yoğin yoğadi. Yirik daryosi Oka va uning irmoqlari. Tuproqlari çimli örtaça podzollaşgan, şim.da örta qumoq, jan.- ğarbda qumloq va qumli tuproq, markaziy va şarqiy qismlarida oç sur tusli örmon tuproqlar. Hududining 40% örmon. K.v. xöjaligida maşinasozlik va metallsozlik, yengil, yoğoçsozlik va quriliş materiallari sanoatlari yetakçi örinda. Maşinasozlik korxonalari Kaluga (maşinasozlik, turbina, elektrotexnika va b.), Lyudovinovo (teplovozeozlik), Kirov (quyiş-mexanika, çöyan quyiş z-dlari) şaharlarida joylaşgan. Kaluga, Kondrovo, Kirov, Suxiniçi ş.da tikuvçilik va poyabzal f-kalari, Borovskda movut f-kasi, Kaluga va Borovskda trikotaj, töquvçilik f-kalari, ziğir tola z-di bor. Yoğoçsozlik sanoatining yetakçi tarmoqlari: Kalugada «Gigant» gugurt-mebel k-ti, Kondrovoda sellyuloza-qoğoz, fanera z-dlari, uysozlik, mebel va qoğoz f-kalari mavjud. Quriliş materiallari sanoatida şişa-oyna, quriliş fayansi, ğişt va b. işlab çiqariladi. Kirovda quriliş fayansi, Kaluga, Maloyaroslavetssa silikat ğişt z-dlari, Kalugada sut z-dlari, göşt k-ti, Suxiniçida sabzavot konservasi, kraxmal z-dlari bor. Obninskda Rossiyada birinçi qurilgan AES işlab turibdi. Q. h. sut çorvaçiligi, çöçqaçilik, kartoşkaçilik, sabzavotçilik va qisman ziğirçilikka ixtisoslaşgan. Buğdoy, javdar, greçixa, arpa, sut va yem-xaşak ekinlari ekiladi. Çorvaçilikda qöy ham boqiladi. Parrandaçilik f-kalari bor. Oka daryosida kema qatnaydi. Kalugada aeroport bor.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 66–67-b. — ziyouz.com