KARIB DENGIZI, Karaib dengizi (indeyslarning karib qabilasi nomidan) — Atlantika okeanidagi yarim berk dengiz. Markaziy va Jan. Amerika oraliğida. Şim. va şarqdan Katta Antil va Kiçik Antil o.lari b-n çegaralangan. Yukatan böğozi orqali Meksika qöltiği, böğozlar orqali Atlantika okeani va Panama kanali orqali Tinç okean b-n tutaşgan. Mayd. 2777 ming km2. Örtaça çuq. 2491 m, eng çuqur joyi 7090 m. Suvining örtaça hajmi 6860 ming km3. Qirğoq çiziği egri-bugri. Ğarbida va Antil o.lari yaqinida marjon riflari bor. Sohili toğli, ba'zi joylari pasttekislik. Eng katta qöltiqlari: Gonduras, Daryen, Venesuela. Dengiz tubining relyefi ança murakkab: Grenada (4120 m), Venesuela (5420 m), Kolumbiya (4532 m), Yukatan (5055 m) kabi soyliklar suv osti tizmalari va sayyozliklar orkali bir-biridan ajralib turadi. Yirik orollari: Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko. Dengiz tubining grunti ohakli balçiqdan, sayoz joylarda esa marjon çökindilaridan iborat. Iqlimi tropik iqlim, passat şamollari ta'sirida. Havoning oylik örtaça t-rasi 23— 27°. Yillik yoğin şarqida 500 mm dan ğarbida 2000 mm gaça. Dengizning şim. qismida iyun — oktyabrda tropik dovullar bölib turadi. Oqim tezligi 1—3 km/ soat, Yukatan böğozida 6 km/soat. Suv yuza qismining oylik örtaça t-rasi 25—28°. Şörligi 36%o ga yaqin. Suvining rangi yaşil va kök-yaşil. Suv kötarilişi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 1 m gaça). K. d.da akulalar, uçar baliqlar, dengiz toşbaqasi, kit va kaşalotlar, Yamayka o. yaqinida tyulen, lamantin va köplab endemik hayvonlar yaşaydi.
K.d. muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Dengiz orqali Tinç okean va Atlantika okeani portlarini boğlovçi eng qisqa dengiz yöli ötgan. Eng muhim portlari: Marakaybo, La-Guayra (Venesuela), Kartaxena (Kolumbiya), Limon (Kosta-Rika), Santo-Domingo (Dominikana Respublikasi), Kolon (Panama), Santyago-de-Kuba (Kuba) va b.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 164-b. — ziyouz.com