KAROTAJ (frans. carotte — burği kerni; aynan — sabzi) — burği quduqlari va quduqlar atrofidagi toğ jinslarini elektr, radioaktiv (yadrogeofizik), termik, akustik (ultratovuş), magnit, seysmik va b. metodlar yordamida tadqiq qiliş. K.dan geologik kesimlarning tarkibi, qatlamlarning qalinligi va foydali qazilmalarni topişda hamda suvning burği kovakka oqib çiqayotgan joyini, kovakning oğiş burçagi, qatlamlarning yotiş burçagini aniqlaşda foydalaniladi. Konçilik amaliyotiga kirib qolgan K. termini izohlanayotgan tuşunçani yetarliça bermaydi. Ilmiy-texnika adabiyotlarida K. örnida quduqlarni tadqiq qilişning geofizik metodlari, konçilik geofizikasi, burğilaş geofizikasi ham qöllaniladi. Termik metod 1908 y. Boku neft konlarida sinab körildi. 1926 y. Fransiyada yuqori samarali elektrik K. ixtiro qilindi. Çuqur quduqlarni qazişda K. işlari, albatta, birga olib boriladi. K. stansiyasi deb nomlanuvçi köçma avtomatik qurilmada qayd qiluvçi apparatlar, burği kovagiga kerakli pribor va zondlarni kötarib tuşiruvçi mexanizm va yordamçi uskunalar örnatiladi. K. stansiyasi bir vaqtning özida bir neça fizik parametrlarni yozib olişi mumkin. K. paytida kovakka qabul qiluvçi qurilmalar (mas. elektr K.da elektrodlar, magnit K.da kovak magnitometrlari, seysmik K.da seysmopriyomniklar) tuşiriladi. Qurilmalardan olinadigan ma'lumotlar kovak ustidagi maxsus apparatlar yordamida qoğozga yozib boriladi. K. diagrammalari kovak yuqorisidagi ölçanayotgan nuqtagaça hamma parametrlarni egri çiziqlar holatida aks ettiradi. Bu çiziqlar örganilib, kovakning geologik tuzilişi aniqlanadi. Diagrammalarning barça geologik izohlariga ega böliş uçun kompleks metodlardan foydalaniladi. Metodlar toğ jinslari va r-ndagi foydali qazilmalarning fizik xususiyatlari, burğilaşning texnik şaroitlari va geologik vazifalariga qarab tanlanadi. K. eng qulay, arzon va keng tarqalgan geofizik usullardan biri.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 188-b. — ziyouz.com