KATARAKTA (yun. katarrhaktes — şarşara) — köz gavharining xiralanişi. Bunda közga tuşayotgan yoruğlik nurlarining yöli qisman tösilib qolib, köz ba'zan körmay qoladi. Köz gavharining qaysi qismi xiralaşganiga qarab, K.ning quyidagi turlari farq qilinadi: old vaorqa polyar K., xaltali K. (gavharni örab turgan kapsulada böladi), ya d rol i (gavharning markazida böladi), urçuqsimon, qavatli yoki zonulyar, töliq plyonkasimon, köp şaklli, pöstloq K.si (gavharning periferik qavatiga tuşadi). Köz gavharida xiralanişning boşlanişi birlamçi K. deyilsa, gavharning yadrosi yoki K. massalari olingandan söng paydo bölgan xiralaniş i k k i l a mçi K. deyiladi.
K. tuğma va hayotda orttirilgan böladi. Ona qornida rivojlanayotgan homilaga turli taşqi (zaharlaniş, gipova avitaminoz, nurlaniş) va içki (ona va bolaning rezus kelişmovçiligi) muhitlarning salbiy ta'siri, homiladorlik vaqtida onaning turli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklar b-n oğrişi, şuningdek, nasldan-naslga ötuvçi irsiy kasalliklar tugma K. ga sabab böladi. Bunda gavharning xiralaşişi juda sekin rivojlanişi mumkin, ayrim bemorlarda umr böyi özgarmaydi. Organizmda moddalar almaşinuvining buzilişi, qand kasalligi, şuningdek, umumiy kasalliklar, köz şikastlanişlari va kasalliklari, yaqindan körişning oğir şakli, yuqori t-rada uzoq işlaş, turli zaharli moddalar va ionlaştiruvçi nurlar ta'sirida orttirilgan K. yuzaga keladi. Orttirilgan K.ning qarilik, travmatik va asoratli (glaukoma, iridotsiklit, qand kasalligi va b.ning asorati sifatida) turlari bor. Orttirilgan K.da vaqt ötişi b-n köz gavhari butunlay xiralaşib qoladi. Qarilikdagi K. asta-sekin rivojlanadi, u köproq 55—60 yoşdan oşganlarda uçraydi. Qarilikdagi K. ning boşlaniş, yetilmagan, yetilgan va yetilib ötib ketgan bosqiçlari farq qilinadi, uning yetilgan davri hammada har xil, bu odatda, bemorning umumiy ahvoli va yoşiga boğliq. Operatsiya muddatini belgilaşda kasallikning yetilgan bosqiçi muhim. K.da dastlab bemorning kasal közi oldi jimirlab, nuqta, çiziq va doğlar paydo böladi; yonib turgan lampa, şar yoki fonarga şu köz b-n Karaganda, u bir neçta bölib körinadi. Bu — notekis xiralaşgan köz gavharining nur sindiriş xususiyati buzilişi oqibatida röy beradi. Közning xira tortişi uning boşqa kasalliklarida ham kuzatiladi, şuning uçun, albatta, vraçga murojaat etiş va kasallikni öz vaqtida aniqlaş lozim. Dorilar b-n davolanadi yoki mikroxirurgiya, ultratovuş yoki lazer nurlari yordamida operatsiya qilib xiralaşgan köz gavhari olib taşlanadi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 227-b. — ziyouz.com