KATEGORIYALAR (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilişning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvçi eng umumiy va asosiy tuşunçalar. K. biliş va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlaşgan natijasi bölib vujudga kelgan.
K. haqidagi ilk ta'limot qad. Hindistonning ayrim falsafiy maktablarida uçraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tuşunçalarning ifodasi şaklida hosil böladi deb hisoblaydi. Aristotel özining «Kategoriyalar» asarida K.ni obyektiv reallikning in'ikosi hamda eng yuksak umumlaşmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya töğrisida ma'lumot beradi: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynaliş. Aristotelning K. haqidagi ta'limoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Örta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (özgariş), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani körsatib ötadi: substansiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant K.ni aql-idrok şakllari deb tuşunadi. K. haqida ta'limotni işlab çiqişda Gegelning ham xizmati katta. U K. haqidagi keng va murakkab ta'limot tizimini yaratgan. K. haqidagi ta'limotga E. Gartman, A. Şopengauer, F. Nitsşe asarlarida ham keng örin berilgan. Har bir inson öz faoliyatida özigaça şakllangan K. yordamida iş tutadi. K. metodologik va dunyoqaraş mazmuniga ega bölib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan örnini töğri bilib olişga yordam beradi.
Töliq öqiş — yana 1 xatboşi
Har qaysi fanning öz K. i bölib, şu fanning xususiyatlarini körsatib turadi. Falsafiy K. fan K.idan farq qilib aniq fanlar rivoji natijalarini umumlaştirib, ilmiy bilişdagi metodologik va dunyoqaraş ahamiyatiga ega bölgan tomonlarini ta'riflab beradi. Falsafaning turli K.i mavjud: borliq, ong, harakat, rivojlaniş, fazo, vaqt, in'ikos, biliş, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, şakl, imkoniyat, voqelik, hodisa, moxiyat va b.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 229-b. — ziyouz.com