KEMEROVO VILOYATI - RFdagi viloyat. 1943 y. 26 yanv.da taşkil etilgan. Mayd. 95,5 ming km2. Aholisi 2987 ming kişi (2000), asosan, ruslar; şuningdek, ukrain, mordva, çuvaş, gagar, şoriyaliklar ham yaşaydi. Şaharliklar 87%. 19 tumanga bölingan, 19 şahar, 47 şaharça bor. Markazi — Kemerovo ş.
K.v.ning aksari qismi şarqda Kuznetsk Olatovi, ğarbda Salair qoyasi b-n öralgan Kuznetsk soyligi b-n band. Viloyat jan.da Toğli Şoriyaning örtaça balandlikdagi toğlari bor. Foydali qazilmalari: toşkömir, temir rudasi, polimetall, alyuminiy rudalari, oltin, mineral quriliş materiallari. Iqlimi keskin kontinental. Qişi uzoq, sovuq, yozi qisqa, iliq. Yanv.ning örtaça t-rasi —18°, iyulniki 18°. Yiliga tekislikda 300—500 mm, toğ yon bağirlarida 900 mm yoğin töşadi. Asosiy daryolari: Tom, Usa, Inya. Şim. qismida qoratuproq va kulrang tuproq, pastqamliklarda ötloqi tuproq, toğli r-nlarda toğ-örmon, toğ-ötloqi, toğ-tundra tuproqlari tarqalgan. K.v. xöjaligida kömir sanoati, qora va rangli metallurgiya, maşinasozlik, elektr energetikasi va kimyo sanoati yetakçi örinda. Qora metallurgiyaning asosiy korxonalari — Kuznetsk metallurgiya k-ti, Ğarbiy Sibir metallurgiya z-di, Novokuznetsk ferroqotişmalar z-di, Guryevsk metallurgiya va Kemerovo koks kimyosi z-dlari. Alyuminiy (Novokuznetsk), rux (Belovo), mineral öğitlar, kaprolaktam, sintetik smola, plastmassa, kon qaziş jihozlari va elektr texnikasi uskunalari, sement, temir-beton konstruksiyalar, şifer, olovbardoş materiallar, şişa işlab çiqariladi. Viloyat q.x. ğalla (asosan, kuzgi buğdoy), kartoşka, sabzavot yetiştirişga, sut çorvaçiligi, çöçqaçilik va parrandaçilikka ixtisoslaşgan. Toğli qismida göşt çorvaçiligi, asalariçilik va möynali hayvonlarni ovlaş b-n şuğullaniladi. Asosiy transport turi — t.y. transporti.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 297–298-b. — ziyouz.com