KÖLI MALIK JANGI - Bobur b-n şayboniylar örtasidagi jang (1512 y. 28 apr.). Bobur 1511 y. Hisorni oladi, şu yil yozida Buxoroni egallab, okt. boşida Samarqandni qölga kiritib, öz nomiga xutba öqittiradi. Buxoro hokimi Ubaydulla sulton (q. Ubaydul-laxon), Samarqand hokimi Suyunçxöjaxon, Muhammad Temur sulton, Köçkun-çixon va Jonibek sultonpar Turkistonga qoçadilar. Biroq, Ubaydulla sulton qöldan ketgan hududlarni yana qayta oliş maqsadida 1512 y. 7 apr.da Ahmad Yassaviy maqbarasi yonida yiğin çaqirib, Movarounnahrni qaytib olişga qasamyod qiladi, uni faqat Muhammad Temur sulton va Jonibek sultonlar qöllab-quvvatlab, birga yurişga otlanişadi. 1512 y. apr. oxirida Ubaydulla sulton 3 ming askar b-n Yettiquduq orqali Ğijduvonga keladi va Buxoroga hujum qiladi. Buxoro doruğasi Boburga xabar yuboradi. Bobur Samarqanddan 40 ming kişilik qöşin b-n çiqib, heç qanday xavfni xotiriga keltirmasdan Buxoroga yaqinlaşadi. Ubaydulla sulton şu yerda harbiy hiyla işlatib, göyo qoçgandek bölib, Xorazm yöli tomon çekingan va Buxoro qamalini töxtatgan edi. Buxoro doruğasi Boburga «özbeklar qoçdi» deb xabar qilgandi. Ubaydulla sulton Buxoroning Xayrobod tumanidagi Köli malik qirğoğida ğaflatda kelayotgan Bobur laşkarlariga tösatdan hujum qiladi. Qattiq jangdan söng Bobur qöşini tor-mor keltiriladi. Bobur Buxoroga, ertasiga esa Samarqandga çekivadi va vaziyat muşkulligini sezib, bir kundan söng oilasini olib Hisor tomonga ketadi. Ubaydulla sulton Buxoroni egallab, keyin Samarqandga keladi va öz nomiga xutba öqittiradi. Tarixçi olim Rözbehon Isfahoniy özining «Suluk ul-muluk» asari mukaddimasida: «Odob yuzasidan Ubaydullaxon özini xuddi öljasini taqsimlab bermoqçi bölgan ovçiday tutdi va katta amakisi Köçkunçixonga boş xonlikni va poytaxti Samarqand taxtini berdi, Movarounnahrning boşqa yerdarini ham qarindoşlariga bölib berdi», deb yozadi.
Şunday qilib, 1512 y. bahorida Örta Osiyo temuriylar qöl ostidan butkul çiqib ketgan va yana şayboniylarga tobe etilgan.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 858-b. — ziyouz.com