KON KOMBAYNI — foydali qazilmalar yoki toğ jinslarini umumiy massadan ajratib oliş, maydalaş va transport vositalariga ortiş işlarini bir yöla bajaradigan kon maşinasi. Asosiy qismlari: kon jinslari massivini buzib, ularni maydalaydigan iş organi; yuklaş organi; harakatlantiruvçi dvigatellar; siljitiş mexanizmlari; havosini yangilab turiş va çanglarni tötib qoliş qurilmalari; boşqariş organlari. Foydali qazilmalarni qazib çiqariş uçun möljallangan K. k. — tozalaş kombayni, kon yölaqlarini tayyorlaş uçun möljallangan K. k. — ö t i ş kombayni, uçastkada lavani birinçi işga tuşiriş uçun möljallangan K.k. — k ye s i ş kombayni deb ataladi.
Tozalaş K. k. ning qiya, yotiq va tik qatlamda işlovçi; juda yupqa (0,8 m gaça), yupqa (0,81 — 1,21 m), örtaça yupqa (1,21—3,5 m) va qalin (3,5 m dan yuqori) qatlamlardan qazib oladigan; şuningdek, tor joyni kamraydigan va keng joyni kamraydigan xillari bor. Tik qatlamda işlovçi kombaynda kömir yuklovçi qismi bölmaydi. Tozalaş K. k. dagi asosiy iş organlari: kesuvçi zanjirlari bölgan bir yoki bir neça bar (rama)lardan iborat bölgan barli; aylaniş öqi vertikal yoki gorizontal joylaşgan barabanli; aylaniş öqi gorizontal joylaşgan şnekli; burğilaş iş organlari. Bölardan taşkari, birlaştirilgan (mas, burğilaş va barabanli) iş organlari ham qöllaniladi. Tozalaş K.k. kombaynga montaj qilingan mexanizm, kanat yoki gusenitsa yordamida harakatlanadi. Ötiş K. k. foydali qazilmani yoki jinslarni asosiy massadan ajratuvçi, strelkasimon, burğili (rotorli, rotorli-planetarli) va tebranma iş organiga ega. Ular gusenitsali, odimlovçi aralaş harakatlantirgiç yordamida harakatlanadi. Yuklaş organi kovş, sidirgiçli konveyer, şnek va b. körinişda böladi. Ötiş kombaynlari yordamida butun kon yölaklari oçib bölingaç, şaxta maydoni lava deb ataluvçi iş uçastkalariga bölinadi. Har qaysi lavada tozalaş kombaynlarida qazilmani qazişga kirişişdan oldin kesiş K.k. yordamida kon massasi butun lava böylab kesiladi. Bu kombayn b-n istalgan qatlamdagi kömir katlamini kesiş mumkin. Bunday K. k.ning iş organi ikki şarnirli zanjiri bölgan tebranuvçi qöşaloq bardan iborat. Qazib çiqarilgan foydali qazilma yoki toğ jinslari yuklaş organi yordamida konveyerta ortiladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 542–543-b. — ziyouz.com