KONSERT (lot. concerto — musobaqalaşaman) — 1) oldindan e'lon qilingan dastur asosida san'atkorlarning maxsus joy (zal, sahna)da çiqişi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro etiş. K. dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz çolğu va b.) musiqa asarlarini ijro etilişi hamda tinglanişi uçun taşqil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon bölgan. Birinçi K.lar 1672—78 y.larda Londonda skripkaçi J.Banister tomonidan uyuştirilgan. 19-a.da esa K.larni turli musiqa jamiyatlari, filarmoniyapar tomonidan taşqil etilişi rivoj topgan. Hozirda K. atamasi badiiy mazmuniga hamda namoyon böliş joyiga qarab — adabiy, raqs, kino, estrada K.lari, radio—K.i va b.
ma'nolarda talqin etiladi. Özbekistonda K.larni «Özbeknavo», «Özbekraqs», «Özbekteatr» davlat birlaşmalari, Özteleradiokompaniyasi, Madaniyat işlari vazirligi va b. uyuştiradi; 2) Yevropa mumtoz çolğu musiqasi janri, bir yoki bir neça yakkanavoz sozlar va orkestr uçun yozilgan musiqa asari. 17- a. oxiri — 18-a. 1-yarmida Yevropa san'atida vujudga kelgan (A.Vivaldinnt skripka va orkestr uçun K.lari). Yakkanavoz çolğu b-n orkestr (yoki çolğu guruhlari) örtasida ijo-diy musobaqa, munozara K.ning öziga xos xususiyatidir. Vena klassik maktabi vakillari ijodida K.ning sonata -simfonik turkumidan iborat yuksak namunalari yuzaga kelgan. L. Betxoven K.ning simfoniyalaşuvini boşlab berdi. F.List bir qismli K. şaklini ijod qildi. K. janri, ayniqsa, 19-(N.Paganini, F.Şopen, R.Şuman, I.Brams, K.Sen-Sans, P.Çaykovskiy va b.) va 20-a.lar (B.Bartok, S.Prokofyev, M.Ravel, S.Raxmaninov, Ya.Sibelius, I.Stravinskiy, P.Xindemit, D.Şostakoviç, A.Xaçaturyan, Q.Qorayev, A.Şnitke va b.) da keng rivoj topdi. Özbekistonda K.ning ilk namunalari 1940-y.larda paydo böldi (G.Muşelning fortepiano K.lari). Keyinçalik Ik.Akbarov, B.Giyenko, F.Yanov-Yanovskiy, S.Jalil, R.Abdullayev, N.Ğiyosov, A.Ergaşev va b.ning ayrim sozlar, turli orkestrlar uçun yaratilgan K.lari diqqatga sazovor. I.Hamroyev, M.Bafoyev, P.Xoliqov, A.Otajonov va b. özbek xalq çolğulari uçun K.lar yaratişgan.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 594-b. — ziyouz.com