KRAXMAL (nem. kraftmehl) — ösimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (C6H|()O5)g. Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida ösimliklarning barglarida hosil böladi. K.ni töla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U ösimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoşka tuguvagida, ildizida, buğdoy, şoli va makkajöxori donida dovaçalar şaklida tuplanadi. K. miqdori buğdoyda 75%, makkajuxorida 72%,guruçda 80%,kartoşkada 12— 24% ga yetadi. Turli ösimliklardan olingan K. dovaçalarining şakli va hajmi xar xil. Mas, kartoşka K. do-vaçalari nisbatan yirik (kundalangi 25—100 mk), guruç K. dovaçalari esa mayda (kundalangi 3—7 mk). K. dovaçalari suvda isitilganda parçalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barça K.lar ikki xil polisaxarid — amiloza vaamilopektindan iborat. K. sovuq suv, spirt, efir va b. organik erituvçilarda erimaydi. Kislotalar ta'sirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, söngra töla gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar ta'sirida ança tez gidrolizlanadi. K. gidrolizini katalizlovçi fermentlar amilazalar deb ataladi.
Odam va hayvonlar uçun ösimlik K.i qimmatli oziq modda x.isoblanadi. Insonning uglevodlarga bölgan ehtiyoji, asosan, non, kartoşka, krupalar va b. tarkibadagi K. b-n qoplanadi. Sanoatda K., asosan, kartoşka, makkajöxoridan olinadi. Kartoşka K.i (kartoşka uni) olişda maydalab qorilgan kartoşka massasi suv b-n işlanadi. Hosil bölgan K. sutini tindirib yoki sentrifugalab K. ajratib olinadi. K. oziq-ovqat, qandolatçilik, göşt mahsulotlari tayyorlaşda keng qöllanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim i.ç.da K.dan xom aşyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroşoklar tayyorlaşda işlatiladi. K. va uning mahsulotlari töqimaçilik, qoğoz sanoatida qöllaniladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 692-b. — ziyouz.com