KREKING (ing. cracking — parçalaniş) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta işlaş jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parçalanişi (ajralib çiqişi) va qayta joylaşişiga asoslangan. Asosan motor yonilğisi, plastik massalar, tolalar, eritgiçlar uçun kimyoviy xom aşyo olişda qöllaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori t-ra ta'sirida amalga oşadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° t-rada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori t-rada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori t-ra va katalizatorlar ta'sirida amalga oşiriladi. 1918 y.da N. D. Zelinskiy birinçi bölib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid işlatilgan. 1936 y.da fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgaç, katalitik K. keng qöllanila boşladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 bölgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olişga imkon berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom aşyo bölib xizmat qildi. Katalitik K.laş 450—520° ga yaqin t-ra va 2—3 atm. bosimida amalga oşadi. K. suv buği iştirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Şuningdek, K. jarayonining boriş şaroiti (t-ra, bosim) ga, xom aşyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanişiga boğliq böladi. Jarayonning boriş şaroitiga qarab gaz, benzin buği va oğir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan taşkil topgan mahsulotlar aralaşmasi hosil böladi. Zavonaviy K. köpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va b.), şuningdek, qayta işlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gaça benzin olişga imkon beradi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 697-b. — ziyouz.com