KRIMINOLOGIYA (lot. criminis -jinoyat va yun. logos — ta'limot, tuşunça) — jinoyatçilik, uning sabablari, jinoyatçining şaxsi, jinoyatçilikning oldini oliş yöllari, vositalari haqidagi fan. Mustaqil fan sifatida K. 20-a. örtalarida jinoyat huquqi fanidan ajralib çikdi. Bu fanning vazariy asosi belgiyalik sotsiolog L. A. J. Ketle, italiyalik kriminalistlar Ç. Lombrozo, E. Ferri va b.ning ta'limoti hisoblanadi.
K. jinoyatçilikni kişilarning jinoyatta oid qonun talablariga zid bölgan ijtimoiy xavfli qilmişlaridan iborat ijtimoiy hodisa sifatida tadqiqqiladi. Şuningdek, K. jinoyatçilikka oid ma'lumotlarni umumiy tarzda, şu b-n birga jinoyatlarning ayrim turlari va guruhlari böyiça hamda K.ga oid ayrim muammolar (mas, voyaga yetmaganlar jinoyatçiligi, retsidiv jinoyatçilik, guruh jinoyatçiligi) böyiça tekşiradi. Jinoyatçilik sabablari, ya'ni umuman jinoyatçilikka va muayyan jinoyatlarni sodir qilişga ta'sir etadigan ijtimoiy omillar, hodisalar, jarayonlar ham K. predmeti hisoblanadi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
K. jinoyatçi, ya'ni turli jinoyatlarni sodir etgan şaxslarning fe'latvoriga biron-bir darajada ta'sir etuvçi ijtimoiy xususiyatlar hamda ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar, belgilar, sifatlar, aloqalar hamda munosabatlarni har tomonlama örganadi. Jinoyatçilik va uning alohida turlarini aniq sotsiologik tadqiq qiliş jinoyatçilik b-n turli ijtimoiy jarayonlar örtasidagi boğliklikni belgilaş va şu asosda uning oldini oliş çoralarini işlab çiqiş imkonini beradi. Hozirgi K. zavonaviy hisoblaş texnikasi, şuningdek, boşqa bir-biriga boğliq fanlar — sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va şaxs psixologiyasi, pedagogika, iqtisodiyot va ş.k.ning yutuqlaridan keng foydalanadi. K.da hoz. demokratik jamiyatda jinoyatçilikka qarşi kuraşning asosiy yönalişlaridan birini taşqil qiluvçi jinoyatlarning oldini oliş muammosi muhim örin tutadi.
Ad.: Usmovaliyev M., Karaqstov Y., Jinoyatçilikni oldini olişning kriminologik çoralari, T., 1995; Antonyan Yu. M., Terrorizm. Kriminologiçeskiye i ugolovno-pravoviye issledovaniya, M., 1998.
Mamajon Usmovaliyev.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 707–708-b. — ziyouz.com